Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Dashti qipchoq, Qipchoq dashti — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning gʻarbiy yon bagʻridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlarni 11 — 15-asrlarga oid arab va fors manbalaridagi nomi. "D.Q." atamasini dastlab Nosir Hisrav (11-asr) qoʻllagan. Bu davrda qipchoqlar Irtish daryosi sohillaridan gʻarbga tomon koʻchib (1030-yil) Xorazmga qoʻshni boʻlishgan va hozirgi Qozogʻiston hududi, shuningdek, jan.-rus dashtlarini egallashgan. D. Q. aholisi sharq manbalarida — qipchoklar, rus solno-malarida — polovetslar, Vizantiya xronikalarida — kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. D. Q. 2 qism — Sharqiy va Gʻarbiy qismdan iborat boʻlib, Yoyiq (Ural) daryosi ularning chegarasi sanalgan. Gʻarbiy qism Yoyiq va Itil (Volga) daryosidan to Dneprgacha boʻlgan hududdan iborat boʻlgan. 13-asrda D. Q.ni moʻgʻullar bosib olib, tarixda Joʻji ulusi nomi bilan mashhur Oltin Oʻrda davlatini barpo etganlar. 14-asr boshlarida Joʻji ulusi 2 qismga boʻlinib ketgan. D. Q.ning sharqiy qismida Oq Oʻrda tashkil topgan. D. Q. ning gʻarbiy qismi rus yilnomalarida "Polovetslar yeri" nomi bilan uchraydi. 14-asr 60-y.laridan sharqiy D. Q. "Oʻzbeklar mamlakati", uning aholisi esa "oʻzbeklar" deb atala boshlandi. 15-asrning 20-y.dan boshlab sharqiy D. Q.da Abulxayrxon va uning qarindosh-urugʻlari hukmronlik qilgan. D. Q.ning asosiy axoliyey koʻchmanchi va yarim oʻtroq boʻlib, chorvachilik va ovchilik, daryo va koʻl yoqalarida yashagan aholi dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu, Saroy Berka, Oʻrda Bozor, Sigʻnoq, Arquq) dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullangan. 16—18-asrlarda Movarounnahr tarixshunosligida "D. Q." atamasi uning sharqiy qismi (hoz. Qozogʻiston) ni anglatgan.

Dashti qipchoq. XII — XIII aa.
XII asrdagi Osiyo xaritasi, dashti qipchoq yerlari va uning qoʻshnilarini koʻrsatadi

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Klyashtorniy S.G., Sultanov G. I., Kazaxstan. Letopis tryox tisyacheletiy, Alma-Ata, 1992;
  • Murad Adji, Polin polovetskogo polya. M., 1994.