Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

ChodaksoyNamangan (viloyat) Pop tumanidagi soy. Qurama tizmasining yon bagʻridan boshlanadi. Tepaqoʻrgʻon qishlogʻi hududida Sirdaryoga quyiladi. Uzunligi 76 km, havzasi maydoni 566 km², oʻrtacha balandligi 2370 m. Suv sarfi 3,72 m³/sek., vegetatsiya davrida oʻrtacha 7,24 m³/sek. Qor va muzliklardan toʻyinadi. Chodaksoydan Pop tumanidagi ekin maydonlarini sugʻorishda foydalaniladi.