Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Buxoro — 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning ikkinchi muhim futbol divizioni — Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.

Nurafshon[1]
Toʻliq nomi Buxoro professional futbol klubi
Laqabi Buxoroliklar
Amir klubi
Cho‘l jangchilari
Koʻhna shaharliklar
Asos solingan 1989-yili
Stadion Buxoro Sport Majmuasi
Stadion hajmi 21 000
Prezidenti Oʻzbekiston Ali Orziyev
Direktori Oʻzbekiston Usmon Toshev
Murabbiyi Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
Vebsayt http://www.pfcbuxoro.com/
Musobaqasi Oliy liga
2023 Superligada 14-o‘rin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi

tahrir

Jamoa nomlari tarixi

tahrir
  • 1989—1996 „Nurafshon“
  • 1997—2021 „Buxoro“
  • 2021— 2022 „Nurafshon“
  • 2022 — h.v. „Buxoro“

1960-yilda tashkil etilgan, ammo bir yil avval tarqatib yuborilgan „Buxoro“ jamoasi oʻrniga 1989-yilda „Nurafshon“ futbol klubi sifatida tashkil etilgan. 1989-yilgi debyut mavsumida „Nurafshon“ O‘zbekiston SSR chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etdi. 1990-yilda klub SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasining 9-divizioni gʻolibi boʻldi va Ikkinchi ligaga yoʻllanma oldi. 1991-yilgi SSSR tarixidagi soʻnggi chempionatda „Nurafshon“ mavsum yakuniga koʻra Ikkinchi liganing „Sharqiy“ zonasida 4-oʻrinni (22 ta jamoa orasida) egallagan. 1992-yildan Oʻzbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshladi. Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida mamlakatning qolgan 16 jamoasi qatori „Nurafshon“ ham Oliy ligadan joy oldi. 1992-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Buxoro klubi sensatsion tarzda bronza medali sohibi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasidan atigi 1 ochkoga ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi. 1993-yilda „Nurafshon“ 5-oʻrinni egallagan boʻlsa, 1994-yilgi mavsumda kumush medal sohibiga aylandi: amaldagi chempion — Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan 7 ochkoga ortda qoldi va bronza medali sohibi — Namanganlik „Navbahor“dan 4 ochkoga oldinga chiqib oldi.

Klub 1996-yilgacha „Nurafshon“ deb atalgan boʻlsa, 1997-yildan boshlab oʻzining asl nomi — „Buxoro“ga oʻzgartirilgan. 2009-yilgacha jamoa uzluksiz Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.

Bu davrda Buxoro klubi mavsum yakunlariga koʻra, asosan turnir jadvalining oʻrtalarida yoki oxiridagi (5-oʻrindan 15-oʻringacha) oʻrinlarni egallagan.

2009-yilgi mavsumda „Buxoro“ soʻnggidan oldingi 15-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2010-yilda „Buxoro“ Birinchi liga gʻolibiga aylanib, „Soʻgʻdiyona“dan 8 ochkoga oʻzib, Oliy ligada oʻynash huquqini qaytarib oldi.

2011-yilgi mavsumdan boshlab „Buxoro“ yana Oliy liganing doimiy ishtirokchisi boʻlib, 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Superligasi nomini olgan.

2020-yilgi mavsum yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning eng yuqori reytingdagi „Superliga“sida 12 ta klub orasida soʻnggi oʻrinni egallab, „Proliga“ga yoʻl olgan. 2021-yil 19-martda Buxoro klubi ramzi o'zgartirildi[2]. 2021-yil 13-iyulda yana Nurafshon professional futbol klubi deb nomlandi[3][4]. 2022-yil „Buxoro“ klubi Pro ligada Andijonning „Andijon“ klubidan 7 ochko ortda qoldi va 2-oʻrin bilan Oʻzbekiston Superligasiga yoʻl oldi.[5][6]

Mahalliy tarix

tahrir
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar Bosh murabbiy
Divizion Pozitsiya Oʻyin Yutuq Durang Magʻlubiyat Urilgan
gollar
Qaytarilgan
gollar
P Ism Liga
1991 SSL 4th 42 20 9 13 72 45 49 Rossiya  Valeriy Chervyakov 11 Rossiya  Stanislav Kaminskiy
1992 1st 4th 32 20 7 5 59 23 47 R32 Oʻzbekiston  Yuriy Ageyev 15 Rossiya  Stanislav Kaminskiy
1993 1st 5th 30 15 5 10 46 32 35 R32 Oʻzbekiston  Mihail Fomin 9 Rossiya  Boris Lavrov
1994 1st 2nd 30 20 4 6 63 31 44 Quarter-final Oʻzbekiston  Olim Tillayev 19 Rossiya  Aleksandr Ivankov
1995 1st 5th 30 13 1 16 39 26 40 Quarter-final Oʻzbekiston  Yuriy Ageyev 12 Oʻzbekiston  Mustafa Belyalov
1996 1st 5th 30 15 5 10 52 39 50 Quarter-final Oʻzbekiston  Rustam Asqarov 12 Oʻzbekiston  Islom Ahmedov

Oʻzbekiston  Igor Pilyugin

1997 1st 7th 34 16 5 13 57 55 53 Quarter-final Oʻzbekiston  Rustam Asqarov 14 Rossiya  Stanislav Kaminskiy
1998 1st 6th 30 13 4 13 51 50 43 Quarter-final Rossiya  Vyacheslav Koloda

Oʻzbekiston  Oybek Usmonxo‘jayev

10 Rossiya  Stanislav Kaminskiy

Tojikiston  Hakim Fuzaylov

1999 1st 9th 30 10 7 13 44 50 37 - Rossiya  Nikolay Sergiyenko 8 Tojikiston  Hakim Fuzaylov
2000 1st 6th 38 20 5 13 73 60 65 R32 Oʻzbekiston  Ulugʻbek Baqoyev 21 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2001 1st 8th 34 15 3 16 57 58 48 Semi-final Oʻzbekiston  Ilhom Umarov 14 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2002 1st 7th 30 12 5 13 37 53 41 R16 Oʻzbekiston  Eldor Qosimov 12 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2003 1st 12th 30 10 2 18 48 56 32 Quarter-final Oʻzbekiston  Ilyos Qurbonov 13 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2004 1st 7th 26 10 3 13 31 45 30[lower-alpha 1] Chorak final Oʻzbekiston  Muhammad Inogamov 8 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2005 1st 12th 26 9 2 15 37 59 29 Yarim final Oʻzbekiston  Alisher Xoliqov 6 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2006 1st 11th 30 9 7 14 35 34 34 Chorak final Oʻzbekiston  Alisher Xoliqov 9 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2007 1st 9th 30 11 3 16 29 43 36 1/8 final Oʻzbekiston  Anvar Rajabov 8 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2008 1st 15th 30 7 5 18 25 44 26 Quarter-final Oʻzbekiston  Lochinbek Soliyev 8 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2009 1st 15th 30 6 6 18 40 59 24 Chorak final Oʻzbekiston  Lochinbek Soliyev 15 Oʻzbekiston  Rauf Inileyev
2010 2nd 1st 30 24 2 4 71 21 74 R32 Oʻzbekiston  Abdulatif Joʻrayev 27 Oʻzbekiston  Rauf Inileyev

Oʻzbekiston  Gennadiy Kochnev

2011 1st 9th 26 8 7 11 23 38 31 R32 Oʻzbekiston  Suhrob Neʼmatov 7 Oʻzbekiston  Gennadiy Kochnev

Oʻzbekiston  Jamshid Saidov

2012 1st 7th 26 10 5 11 24 31 35 Semi-final Oʻzbekiston  Vohid Shodiyev

Oʻzbekiston  Otabek Narzullayev

5 Oʻzbekiston  Jamshid Saidov

Turkmaniston  Toshmurod Ogʻamurodov

2013 1st 6th 26 10 3 13 33 44 33 R16 Oʻzbekiston  Vohid Shodiyev 12 Turkmaniston  Toshmurod Ogʻamurodov
2014 1st 12th 26 6 7 13 22 42 25 R32 Oʻzbekiston  Suhrob Neʼmatov

Oʻzbekiston  Ulugʻbek Baqoyev

Serbiya  Predrag Vujović

3 Germaniya  Edgar Gess

Turkmaniston  Said Seyidov (interim)

Oʻzbekiston  Aleksandr Mochinov

2015 1st 14th 30 7 5 18 31 53 26 R16 Oʻzbekiston  Aziz Ibragimov 6 Oʻzbekiston  Aleksandr Mochinov

Oʻzbekiston  Shuhrat Fayziyev (interim)

Oʻzbekiston  Jamshid Saidov

2016 1st 4th 30 17 7 6 42 27 58 Semi-final Oʻzbekiston  Aziz Ibragimov 10 Oʻzbekiston  Jamshid Saidov
2017 1st 6th 30 13 7 10 42 20 46 Quarter-final Oʻzbekiston  Ivan Nagayev 10 Oʻzbekiston  Ulugʻbek Baqoyev
2018 1st 6th 20 3 1 16 14 41 10 R32 Turkmaniston  Arslonmurat Amanov 5 Oʻzbekiston  Ulugʻbek Baqoyev
2019 1st 12th 26 5 9 12 18 37 24 R32 Oʻzbekiston  Doston Ibragimov 3 Oʻzbekiston  Baxtiyor Ashurmatov

Tojikiston  Muhsin Muhamadiyev

2020[7] 1st 15th 26 1 11 14 19 50 14 R16 Oʻzbekiston  Izzatilla Abdullayev

Oʻzbekiston  Jasurbek Hakimov

Oʻzbekiston  Behruz Sadullayev

3 Tojikiston  Muhsin Muhamadiyev

Oʻzbekiston  Jamshid Saidov

2021 2 Oʻzbekiston  Davron Isoqov 9
2022[8] 2 2-oʻrin 26 14 8 4 46 26 50 Guruh bosqichi Oʻzbekiston  Roʻzimboy Axmedov Tojikiston  Hakim Fuzaylov
2023 1st 14 26 4 3 19 12 35 15 Guruh bosqichi Serbiya  Aleksandar Stanisavljević

Oʻzbekiston  Humoyunmirzo Iminov

Oʻzbekiston  Asilbek Qayumov

Oʻzbekiston  Shoxruz Norxonov

2 Tojikiston  Hakim Fuzaylov

Oʻzbekiston  Ulugʻbek Baqoyev

  1. Musoboqada ishtirok etish badal toʻlovlarini toʻlamaganlik uchun musoboqani -3 ochko bilan boshlagan


Stadion

tahrir

„Buxoro“ oʻz uy uchrashuvlarini yirik „Buxoro“ sport majmuasi tarkibiga kiruvchi "Buxoro Arena" (Buxoro nomi bilan ham mashhur) stadionida oʻtkazadi.

Stadion 22 700 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, Buxoro va Buxoro viloyatidagi eng yirik stadion hisoblanadi. „Buxoro Arena“ Oʻzbekiston chempionatining eng koʻp tashrif buyuradigan stadionlaridan biri hisoblanadi. „Buxoro“ PFKning har bir oʻyinida stadion muxlislar bilan toʻlib ketadi.

Ayollar jamoasi

tahrir

Yutuqlar

tahrir

Oʻzbekiston chempionati

  • 2Kumush medal sovrindori  Oliy liga kumush medali sohibi (1994).
  • 1Chempion  Birinchi liga gʻolibi (2010).

SSSR chempionati

  • 1Chempion  Oʻzbekiston SSR chempionati sovrindori (1989).
  • 1Chempion  SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasi 9-zonasi gʻolibi (1990).

Jamoa tarkibi

tahrir
2024-yil 13-mart[9]
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Shirinboy Abdullayev
2   UZB HM Izzatillo Poʻlatov
4   UZB HM Elyor Orifov
6   UZB YH Ravshan Xayrullayev
7   UZB YH Daniel Nasriddinov
8   UZB YH Anvarjon Jo‘rayev
9   UZB HJ Xusayn Ergashboyev
10   UZB YH Shohmalik Komilov
11   UZB YH Jasur Hasanov
12   UZB DR Akmal Tursunboyev
14   UZB YH Mirshod Muhammadov
16   UZB HM Artyom Filiposyan
17   UZB YH Javohir Ro‘ziyev
18   UZB YH Fozil Musayev
19   UZB YH Nodirjon Orziqulov
23   UZB YH Behruz Shodmonov
Amplua Futbolchi
24   UZB HM Davron Hoshimov
27   UZB YH Islom Rashidxonov
29   UZB HM Vitaliy Denisov
32   UZB DR Dovud Ibrohimov
33   BLR HM Yaroslav Makushinskiy
50   UZB DR Firdavs Ismatullayev
61   UZB YH Parviz Ahmadjonov
63   UZB YH Jamshid Toirjonov
70   UZB YH Diyorbek Jaloliddinov
71   UZB HJ Albert Nurullayev
77   UZB YH Asilbek Qayumov
76   UZB HJ Isomiddin Nusratov
88   BIH HJ Dominik Begić
93   SRB HM Marko Kolaković
94   CRO HM Frane Ikić
98   UZB YH Azamat Shomurodov

Murabbiylar shtabi

tahrir

2024-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

Boshqaruvl tarixi

tahrir
Yillar Murabbiy
1989 ma‘lumot yoʻq
1990 Sovet Ittifoqi  Oleg Bugayev
1991—1992 Rossiya  Stanislav Kaminskiy
1993 Rossiya  Boris Lavrov
1994 Oʻzbekiston  Aleksandr Ivankov
1995 Oʻzbekiston  Mustafo Belyalov
1996 Oʻzbekiston  Islom Axmedov
1997 Oʻzbekiston  Igor Plyugin
1997—1998 Rossiya  Stanislav Kaminskiy
1998—1999 Tojikiston  Hakim Fuzaylov
2000—2008 Oʻzbekiston  Usmon Toshev
2008 Oʻzbekiston  Yuriy Ageyev
2009 Oʻzbekiston  Rauf Inileyev
2010 — 2011 Oʻzbekiston  Gennadiy Kochnev
2011 — 2012 Oʻzbekiston  Jamshid Saidov
2012 Ukraina  Vladimir Utkin
2012 — 2013 Turkmaniston  Toshmurod Ogʻamurodov[10]
2014 Tojikiston  / Germaniya  Edgar Gess
2014 Turkmaniston  Said Seyidov
2015 Oʻzbekiston  Aleksandr Mochinov
2015 Oʻzbekiston  Shuhrat Fayziyev
2015 — 2017 Oʻzbekiston  Jamshid Saidov
2017 — 2018 Oʻzbekiston  Ulugʻbek Baqoyev[11]
2018 Oʻzbekiston  Shuhrat Fayziyev[12]
2018 — 2019 Oʻzbekiston  Baxtiyor Ashurmatov[13][14]
2019 Oʻzbekiston  Mirislom Hasanov (vaqtincha)[15]
2019 — 2020 Tojikiston  Muhsin Muhammadiyev[16][17][18][19]
2020 — 2021 Oʻzbekiston  Jamshid Saidov[20]
2021 Oʻzbekiston  Davron Fayziyev[21][22]
2021 Oʻzbekiston  Anvar Berdiyev[23][22][24][25]
2021 Oʻzbekiston  Mirislom Hasanov (vaqtincha)[26]
2021 Oʻzbekiston  Usmon Toshev[27]
2021 Oʻzbekiston  Mirislom Hasanov (vaqtincha)
2022 — 2023 Tojikiston  Hakim Fuzaylov[28]
2023 — h.v. Oʻzbekiston  Ulugʻbek Baqoyev[29]

Mashhur futbolchilar

tahrir
Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
  • Chernogoriya  Predrag Vuyovich
  • Moldova  Vadim Chemirtan
  • Ruminiya  Bogdan Xaushi
  • Bolgariya  Nikolay Chipev
Osiyo
  • Yaponiya  Naoya Shibamura
Afrika

Muxlislar, asosiy raqiblar, derbi, taxalluslar

tahrir

„Buxoro“ O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Deyarli har bir oʻyinda "Buxoro Arena" tribunalari muxlislar bilan toʻlib ketadi.

„Buxoro“ning asosiy raqibi qoʻshni Samarqand viloyati poytaxti boʻlgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi hisoblanadi. „Buxoro“ va „Dinamo“ muxlislari oʻrtasida doʻstona munosabatlar mavjud boʻlib, agar oʻyinda mamlakatning boshqa klublari ularning klublariga raqib boʻlib qolishsa, muxlislar har ikki jamoani ham qoʻllab-quvvatlaydilar.

„Qadimiy shaharlar derbisi“ deb ataluvchi musoba mamlakatimizda juda mashhur boʻlib, uning ishtirokchilari boʻlib „Buxoro“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalari hisoblanadi. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.

Vaqti-vaqti bilan „Buxoro“, „Spartak“ (Buxoro), qoʻshni Gʻijduvon va Vobkent shaharlarining „Gʻijduvon“ yoki „Vobkent“ klublari oʻzaro oʻynasa, „Buxoro derbisi“ boʻlib turadi.

„Buxoro“ klubining koʻplab taxalluslari bor: „Buxoroliklar“; „Choʻl jangchilari“ — markazida Buxoro shahri joylashgan butun Buxoro vohasi choʻl bilan oʻralganligiga ishora beradi; „Koʻhna shaharliklar“ — Buxoroning qadimiyligi tufayli; „Amir klubi“ — 1920-yilgacha mavjud boʻlgan Buxoro amirligi va uning boshligʻi — amir sharafiga.

Buxorolik futbolchilar yirik xalqaro turnirlarda

tahrir

Turnirlar vaqtida klubning faol aʼzosi boʻlgan „Buxoro“ futbolchilari koʻrsatilgan.

Turnir Ishtirokchi

Osiyo Kubogi — 2019 — Arslonmurod Amanov

Manbalar

tahrir
  1. „PFK Nurafshon - Soccer - Team Profile - Results, fixtures, squad, statistics - Global Sports Archive“. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  2. „"Бухоро" жамоаси логотипи ўзгарди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  3. FK „Nurafshon“ — vk.com, 13-iyulya 2021
  4. „"Бухоро" клубининг номи ўзгарди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  5. „Про лига. Мавсум якунланди: "Бухоро" Суперлигага чиқди, "Турон" ўтиш ўйинида "Локо" билан ўйнайди“. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.
  6. „"Бухоро"нинг "Бунёдкор" устидан қозонилган ягона ғалабаси ёдингиздами?“. 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  7. „"Бухоро" 11 йилдан кейин илк бор қуйи лигага тушиб кетди, "Андижон" плей-оффда ўйнайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  8. „Про лигада икки йилда икки хил натижа қайд этган "Бухоро" яна Суперлигага қайтди“. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.
  9. Buxoro jamoasi tarkibi (2024-yil 13-mart xolatiga koʻra)
  10. „Т.Агамуродов «Бухоро» бош мураббийи этиб тайинланди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  11. „Бақоев "Бухоро"дан кетаётганини маълум қилди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  12. „Расмий хабар. "Бухоро"га янги бош мураббий тайинланди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  13. „Breaking news. Бахтиёр Ашурматов -"Бухоро" бош мураббийи“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  14. „Расман: Суперлигада истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  15. „Мирислом Ҳасанов: “Бахтиёр Ашурматовдан кейин жамоани қабул қилиб олиш қийин бўлмади”“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  16. „Расмий хабар. Муҳсин Муҳаммадиев - "Бухоро" бош мураббийи“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  17. „"Бухоро"га "Рубин" клубининг собиқ спорт директори бош мураббий бўлади“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  18. „2020 йилда "Бухоро"ни ким бошқариши маълум“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  19. „Муҳсин Муҳаммадиев «Бухоро» жамоаси бош мураббийилигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  20. „Жамшид Саидов "Бухоро" жамоаси бош мураббийлигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  21. „Расман: Даврон Файзиев "Бухоро" бош мураббийига айланди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  22. 22,0 22,1 „Даврон Файзиев "Бухоро" жамоаси бош мураббийлигидан кетди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  23. „Расман: Анвар Бердиев "Бухоро"да иш бошлади“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  24. „“Бухоро”да 3 ой ичида учинчи истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  25. „“Бухоро”да 3 ой ичида учинчи истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  26. „“Бухоро”да ички муҳит қандай? Жамоа ўйинида ўзгариш кўрамизми? Мирислом Ҳасанов билан суҳбат“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  27. „Усмон Тошев "Бухоро"га қайтди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  28. „"Динамо"ни Суперлигага олиб чиққан мураббий энди "Бухоро"да ишлайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  29. „Расман. Улуғбек Бақоев “Бухоро” жамоаси бош мураббийи!“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.

Havolalar

tahrir