Berlin konferensiyasi
Berlin konferensiyasi (Potsdam konferensiyasi) (1945-yil, 17-iyul — 2-avgust, Potsdam shahri) —ikkinchi jahon urushida gʻalaba qozongan davlatlarning boshliqlari — Iosif Stalin (SSSR), Harry Truman (AQSH) va Winston Churchill (28-iyuldan — Clement Attley, Buyuk Britaniya) ishtirok etgan konferensiya. Berlin konferensiyasi maqsadi urushdan keyingi dolzarb xalqaro muammolarni hal etishdan iborat edi. Berlin konferensiyasi Yevropaning urushdan soʻnggi tuzilishi masalalari yuzasidan qaror qabul qildi. Germaniyani toʻla demilitarizatsiyalash, uning monopoliyalarini yoʻq qilish. fashistlar hujumiga uchragan davlatlarga urush natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun toʻlanadigan reparatsiya, Polshaning gʻarbiy chegaralari toʻgʻrisida qaror chiqardi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |