Araymantov (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Oqmoʻla viloyati |
Maʼmuriy markazi | Araymantov |
Asos solingan sanasi | 1932-yil |
Akim | Duysenov Lashintay Jasqayrattovich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2013) | 30,206[1] |
Zichligi | 1,7 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 60,71% Ruslar - 23,00% Ukrainlar - 6,96% Olmonlar - 3,84% Tatarlar - 1,57% Beloruslar - 1,35% boshqalar - 2,55%[2][3] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Maydoni | 17,5 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 |
Pochta indeksi | 020800-020810[4] |
Avtomobil raqami kodi | C, 03 |
Xaritada | |
51°37′8.4″N 73°5′45.6″E / 51.619000°N 73.096000°E |
Araymantov tumani (qoz. Ерейментау ауданы, ەرەيمەنتاۋ اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining sharqiy qismida joylashgan. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 17,5 ming km². Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Araymantov shahri. Tuman hududi orqali Ostona — Araymantov — Pavlodar, Araymantov — Aysari temir yoʻli, Ostona — Araymantov — Pavlodar, Araymantov — Bestoʻbe avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)[2][3]
- qozoqlar — 20 596 kishi (60,71 %)
- ruslar — 7 804 kishi (23,00 %)
- ukrainlar — 2 362 kishi (6,96 %)
- olmonlar — 1 304 kishi (3,84 %)
- tatarlar — 534 kishi (1,57 %)
- beloruslar — 458 kishi (1,35 %)
- boshqirdlar — 132 kishi (0,39 %)
- moldavanlar — 80 kishi (0,24 %)
- udmurtlar — 76 kishi (0,22 %)
- polyaklar — 62 kishi (0,18 %)
- boshqalari — 518 kishi (1,53 %)
- Umumiy — 33 926 kishi (100,00 %)
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −16 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm[5].
Aholi punktlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Verenka, Novodolinka, Yerkenshilik, Oʻljabay Batir (sobiq Blagodatnoe), Taybay, Oʻlenti, Qoʻytas, Boʻztal, Toʻrgʻay, (Novomarkovka).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- ↑ 2,0 2,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Informatsiya o rayone na sayte oblasti (Wayback Machine saytida 2011-09-03 sanasida arxivlangan)