Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Xitoy fuqarolik pasporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolik pasporti
Xitoycha: 中华人民共和国护照
Turi pasport
Kim tomonidan berilgan Milliy immigratsiya boshqarmasi, Xitoy Xitoy
Ilk chiqishi 1949-yil
Maqsad shaxsni tasdiqlash
Yaroqlilik muddati 10 yil[1]
Narxi 120 ¥[2]
Xitoy pasportining "Forma 97" versiyasi.
XXR pasportining birinchi ikki varianti 1949-yil.

Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi pasporti (xitoycha: 中华人民共和国护照), Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari sifatida roʻyxatdan oʻtgan XXR fuqarolariga shaxsini tasdiqlash va chet elga chiqish uchun beriladigan rasmiy hujjat.

Gonkong va Makao uchun ularning tegishli pasportlaridan foydalaniladi.

Xitoyda bir necha turdagi pasportlar beriladi:

  • oddiy ("shaxsiy oddiy") pasport;
  • rasmiy pasport;
  • diplomatik pasport;
  • Maxsus Ma'muriy Hudud pasporti, ya'ni, Makao pasporti va Gonkong pasporti.

Oddiy Xitoy pasportining yangi versiyalari ("Forma 97-2") 2007-yildan beri o'zidan oldingi "Forma 92" va "Forma 97-1" o'rnini egallab bormoqda.

Oddiy pasport - Ichida

Pasport "Forma 97-2" - bu oddiy Xitoy pasporti (machine readable passport (MRP)).

Shaxsiy ma'lumotlar old muqova ostida joylashgan - maxfiy raqamli texnologiya yordamida chop etilgan rangli fotosurat ham shu yerda. Xususan, quyidagilar mavjud:

  • Pasport turi (P)
  • Mamlakat kodi (CHN)
  • Pasport raqami (Gxxxxxxxx)
  • Ism (familiya va ism)
  • Jinsi (M) yoki (F)
  • Olti xonali ma'muriy qismning kodi , sakkiz xonali tug'ilgan sana, uch xonali seriya raqami va chek raqamidan iborat identifikatsiya kartasi raqami (18 xonali kod).
  • Tug'ilgan sana (DD. MMM. YYYY)
  • Chiqarilgan sana (DD. MMM. YYYY)
  • Tug'ilgan joyi (viloyat yoki mamlakat, agar yo'lda tug'ilgan bo'lsa)
  • Berilgan joy (viloyat yoki chet elda berilgan diplomatik/konsullik uyi)
  • Yaroqlilik muddati (DD. MMM. YYYY)
  • Imzo

Tillar

Barcha ma'lumotlar xitoy va ingliz tillarida.

Pasport yozuvlari

Xitoy tilida

中华人民共和国外交部请各国军政机关对持照人予以通行的便利和必要的协助.

Inzgliz tilida

The Ministry of Foreign Affairs of the People’s Republic of China requests all civil and military authorities of foreign countries to allow the bearer of this passport to pass freely and afford assistance in case of need.

O'zbek tiliga tarjimasi:

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarning barcha harbiy va maʼmuriy muassasalaridan erkin harakatlanishni taʼminlash va zarur hollarda pasport egasiga yordam berishni soʻraydi.

Oddiy XXR pasportlari bilan vizasiz kirish mumkin bo'lgan mamlakatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oddiy Xitoy pasporti egalari Gonkong yoki Makao pasporti egalariga qaraganda ancha kam sonli mamlakatlarga vizasiz kirishlari mumkin.

Oddiy XXR pasportlari bilan vizasiz kirish mumkin bo'lgan mamlakatlar

Xitoy bo'ylab sayohat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oddiy xitoy pasporti egalari materikdagi Xitoy boʻylab erkin harakatlanishlari mumkin. Gonkong va Makaoning maxsus ma'muriy hududlariga kirish uchun ular Xitoy rasmiylaridan maxsus ruxsat olishlari kerak.

  1. „《中俄边境旅游暂行管理实施细则》“ (zh-hans). www.aihui.gov.cn. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
  2. „申办护照/旅行证“. cs.mfa.gov.cn.