Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Xaltali boʻri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaltali boʻri, Tasmaniya boʻrisi (Thylacinus cynocephalus) – yirtqich xaltalilarga mansub sut emizuvchi hayvon. Gavdasining uzunligi 100—130 sm, dumi 50-65 sm. Tanasi choʻziq, oyoqlari uzun, orqa oyoqlarida 1 barmogʻi yoʻq. Xaltali tanasining keyingi qismida ochiladi, sut soʻrgʻichlari 4 ta. Qoziq va oziq tishlari kuchli rivojlangan. Dingo (yovvoyi it) tarqalmasidan oldin Avstraliyaning barcha hududlarida yashagan. Yevropaliklar Avstraliyani kashf etganida faqat Tasmaniya orolida daraxtzorlarda qolganligi aniklangan (2-nomi shundan). 2-4 tadan bolalagan. Xaltali boʻri soʻnggi marta XX asrning 40-yillarida uchratilgan. Hozir qirilib ketgan boʻlishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.