Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Valeriya Pecresse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valeriya Pecresse
fransuzcha: Valérie Pécresse
 Mintaqaviy kengash rahbari (Fransiya) hududiy kengash rahbari (Il-de-Frans)
Mansab davri
18-dekbar 2015-yil
(Jean-Paul Huchon ismi ostida)
 Byudjet vaziri
Mansab davri
29-iyun 2011-yil – 15-may 2012-yil
Prezident Nikolya Sarkozi
Bosh vazir Fiyon Fransua
 Fransiya ilm fan vaziri
Mansab davri
18-may 2007-yil – 29-iyun 2011-yil
Hukumat boshligʻi Jil de Roben
Prezident Nikolya Sarkozi
Vazir Fransua Fiyon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-iyul 1967-yil
Ili-de-Frans
Turmush oʻrtogʻi Jerom Pekras
Bolalari 3

Valeriya Pecresse (fransuzcha: Valérie Pécresse, Valerie Roux (fransuzcha: Valérie Roux; 1967-yil 14-iyul, Neuilly-sur-Seine) — fransuz siyosatchisi, 2007-yildan 2012-yilgacha Fransua Fiyon hukumatida vazir, 2015—yildan Ile-de-Frans mintaqasi kengashi raisi hisoblanadi.

Parijdagi Oliy Savdo maktabini va Milliy boshqaruv maktabini tamomlagan[1]. 1998—yilgacha Davlat kengashida auditor boʻlib ishlagan, prezident Jak Shirakning maslahatchisi boʻlgan. Fransuz, ingliz, rus va yapon tillarini yaxshi biladi[2].

Siyosiy martaba (2002-2021)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002, 2007 va 2012-yillarda Yvelinesdan Milliy Assambleya aʼzoligini oldi. 2004-yilda Ile-de-Frans mintaqasi kengashiga saylangan. Pekress Xalq Harakati Ittifoqida matbuot kotibi boʻlib ishlagan.

2007-yilda u Oliy taʼlim va tadqiqot vaziri lavozimini egalladi va 2010—yilda hukumat tarkibidagi oʻzgarishlardan keyin ham shu lavozimda qoldi. 2011-yilda u Byudjet vaziri va hukumat matbuot kotibi etib tayinlandi. 2012—yilda hukumatni tark etgan.

2015-yil dekabr oyida Ile-de-Fransdagi mintaqaviy saylovlarning ikkinchi bosqichida Pekresse boshchiligidagi oʻng markazchi Respublikachilar partiyasi 43,8 % gʻalaba qozondi. Milliy front roʻyxatini saylovchilarning 14,02% qoʻllab-quvvatladi[3]. 18-dekabrda Pekres Ile-de-Frans mintaqaviy kengashining 119 ovozi bilan (saylovda 209 deputatdan 140 nafari ishtirok etgan) prezident etib saylandi[4].

2019-yil 5-iyun kuni, 26-may kuni boʻlib oʻtgan Yevropa saylovlarida „respublikachilar“ 8,48% ovoz bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragach, oʻng qanot gʻoyasini qayta tiklashning iloji yoʻqligi sababli partiyadan chiqishini eʼlon qildi[5].

2021-yil 27-iyun kuni Ile-de-Fransdagi hududiy saylov ikkinchi bosqichi markazchi oʻngchi Valeri Pekressega yana muvaffaqiyat keltirdi — ularni 45,92% saylovchilar qoʻllab-quvvatladi, bu esa gʻoliblarni 125 oʻringa ega boʻlishini taʼminladi.

  1. „Valérie Pécresse, la guerrière“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-oktyabr.
  2. „Valérie Pécresse :Et Dieu créa la femme, Le nouvel economiste. 2007-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-oktyabr.
  3. „Résultats des élections régionales 2015 Ile-de-France“ (fr). L'Express. 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  4. Dominique Malécot. „Ile-de-France : les urgences de Valérie Pécresse“ (fr). Les Echos (2015-yil 18-dekabr). 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  5. „Valérie Pécresse annonce sa démission des Républicains“ (fr). Le Monde (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.