Tana (koʻl)
Qiyofa
Tana, Sana, Dembea — Efiopiyadagi koʻl. Efiopiya togʻligidagi tektonik soyliqda, 1830 m balandlikda joylashgan. Maydoni 3,1—3,6 ming km² (mavsum boʻyicha oʻzgarib turadi), Chuq. 70 m gacha. Orol koʻp. T.ga juda koʻp daryo quyiladi, koʻldan Abbay (Koʻk Nil) daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |