Tojikiston fanlar akademiyasi
Qiyofa
Tojikiston fanlar akademiyasi — Tojikiston Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1951-yil SSSR Fanlar akademiyasining Tojikiston boʻlimi (1941) negizida Dushanba shahrida tashkil etilgan. Akademiyaning fizika va texnika; matematika, seysmologiya va seysmologik qurilish; geol.; kimyo, botanika; oʻsimliklar fiziologiyasi va biofizikasi; zool. va parazitologiya; Pomir biologiyasi; tarix, etn. va arxeologiya; sharqshunoslik intlari hamda tabiiy va mehnat resurslarini tadqiq etish boʻlimi, 30 haqiqiy, 55 muxbir aʼzosi bor. Fanlar akademiyasi muassasalarida 5 mingga yaqin ilmiy xodim ishlaydi. "Donish" nashriyoti bor. 3 ilmiy jurnali nashr etiladi. Prezidenti — 1995-yil iyundan Oʻlmas Mirsaidov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |