Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Resurslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Resurslar (fransuzcha: ressource — yordamchi vosita) — pul mablagʻlari, boylik, zaxira, imkoniyatlar; davlat byudjetida daromad manbalari, tabiiy, iqtisodiy, mehnat, valyuta va boshqa Resurslar boʻlishi mumkin. Keng maʼnoda — jamiyat hayotida i.ch.ni taʼminlashning vositalari, manbalarini ifodalaydigan iqtisodiy Resurslar muqim oʻrindaturadi. Iqtisodiy Resurslar tabiiy (xom ashyo, suv, oʻrmon P.), mehnat ("inson kapitali"), aylanma mablagʻlar (materiallar), axborot, moliya (pul kapitali) Resurslariga boʻlinadi. Top maʼnoda — iqtisodiy P. xoʻjalik faoliyatida foydalaniladigan, shu jumladan, yuqorida sanab oʻtilgan Resurslarni ham qamraydigan omillar majmuini bildiradi. Resurslar tiklanadigan, yana qayta hosil qilish mumkin boʻlgan (ish kuchi, jihozuskunalar) va tiklanmaydigan (Mas, xom ashyolar — neft, koʻmir, gaz, rudali konlar) Resurslarga hamda ishlab chiqarishva mahsulot isteʼmoli chiqindilari boʻlgan ikkilamchi Resurslarga (dastlabki ishlatishdan keyin i.ch.da asosiy xom ayosh yoki mahsulot tarzida foydalaniladigan materiallar va buyumlar)ga boʻlinadi. Bunday Resurslar qoʻshimcha moddiytexnika Resurslar manbai hisoblanadi. Valyuta Resurslari, yaʼni erkin almashtiriladigan chet el valyutasi zaxiralari va uning tushum manbalari ham Resurslarga kiritiladi [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil