Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Rasin Jan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rasin Jan
Tavalludi dekabr 1639
Vafoti 21-aprel 1699[1][2][3]
Fuqaroligi Kingdom of France
Otasi Jean Racine
Onasi Jeanne Sconin

Rasin Jan (1639.21.12, FerteMilon — 1699.21.4, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning yirik vakili. R. asosan, maishiy mavzuda psixologik tragediyalar yaratgan, asosiy person ajl ari qirol, gersog, graf va goʻzal xonimlar boʻlishiga qaramay, bu asarlarda 17-asrdagi siyosiygʻoyaviy qarashlar ifodalangan.

R. "Buyuk Iskandar" (1665), "Axdromaxa" (1667), "Britannik" (1669), "Berenika" (1670), "Boyazid" (1672), "Ifigeniya Avlidada" (1674), "Fedra" (1677), "Gofoliya" (1691) va boshqa tragediyalar yozgan. "Andromaxa" bilan fransuz teatri tarixida yangi saxifa ochilgan. Tragediyaning mazmuni yunon miflaridan olingan boʻlib, R. antik mazmunga yangicha maʼno bergan. Ishqiy hayajonlar zaminida axloqiy muammoni ilgari surgan. Markaziy figura Andromaxa R.ning gumanistik ilgʻor gʻoyalarini tashuvchi, zolimlikni fosh etuvchi obraz sifatida gavdalangan. Unga zolim Pirr qaramaqarshi qoʻyilgan. "Gafoliya" asarida xalqning zolimlarga qarshi qoʻzgʻoloni voqeasi yoritilgan. R. ijodining soʻnggi davrida "Diniy qoʻshiqlar" sheʼriy toʻplami (1694) va "PorRoyalning qisqa tarixi" asarlarini yozgan.[4]