Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Radioaktiv chiqindilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radioaktiv chiqindilar — tarkibida davlat miqyosida tasdiqlangan normadan ortiq miqdorda radioaktiv izotoplar (RI) boʻlgan suyuq, qattiq va gazsimon chiqindilar.

Suyuq radioaktiv chiqindilar atom elektr stansiyalari (AES) ishlaganida, ishlatilgan issiqlik ajratuvchi elementlardan yadro yoqilgʻisi olishda, fan, texnika va tibbiyotda turli xil radioaktiv nurlar manbalaridan foydalanishda hosil boʻladi. Oʻzbekistonda har qanday hollarda ham RI konsentratsiyasi oʻrtacha yillik ruxsat etilgan konsentratsiyadan yuqori boʻlgan Radioaktiv chiqindilarni ochiq suv tarmoqlariga tashlash qonun bilan taqiqlangan. Suyuk, Radioaktiv chiqindilar faolligiga koʻra, 3 kategoriyaga: faollik konsentratsiyasi 10~5kyuri/l dan yuqori boʻlmagan quyi darajali; faollik konsentratsiyasi 10"5dan 1 kyuri/l gacha boʻlgan oʻrtacha darajali va faollik konsentratsiyasi 1 kyuri/l dan katta boʻlgan yuqori darajali chiqindilarga boʻlinadi. Yuqori darajali faol suyuq Radioaktiv chiqindilar, odatda, kichik hajmga qadar konsentrlanib, yer ostiga germetik idishlarda koʻmiladi. Xonalarni va korjomalarni yuvganda hosil boʻladigan quyi darajali faol suyuq Radioaktiv chiqindilar radioaktiv izotoplardan maxsus usullar yordamida tozalangach, qayta ishlatish uchun ishlab chiqarish sistemasiga qaytariladi yoki kanalizatsiyaga tashlanadi. Bu chiqindilardan ajratib olingan RI oʻrtacha darajali faol chiqindilar hisoblanadi.

Qattiq radioaktiv chiqindilarga yuvib ketkazib boʻlmaydigan ifloslangan materiallar, ishlatilgan korjomalar va boshqa kiradi. Bu narsalarning hammasi beton zovurlarga tashlab ustidan sement quyib, butunlay koʻmib yuboriladi.

Atom sanoati obʼyektlarida va AESda suyuq va qattiq Radioaktiv chiqindilardan tashqari, tarkibida RI uchuvchan birikmalar yoki |3CH, |291, 85 kg, kabi RI bor tashlandilar, shuningdek, radioaktiv aerozollar hosil boʻlishi mumkin. Bunday chiqindilarning bari maxsus tozalash sistemasidan oʻtkazilib ventilyasiya moʻrkoni orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Tozalash sistemasidan chiqayotgan RIning umumiy miqdori shamol, relyef va oʻsimliklarning tabiati nazarga olingani holda ushbu obʼyektlar uchun belgilangan RI miqdoridan yuqori boʻlmasligi lozim. Ventilyasiya murkonlarining balandligi 100-150 m dan kam boʻlmasligi shart.

  • Radiatsionnaya bezopasnost. Velichini, yedinitsi, metodi i pribori. Radioaktiv chiqindilar Moskva, 1974.
  • Sanitarnie pravila i normi SanPn № 002994, Toshkent, 1994.