Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Robert Hofstadter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Robert Hofstadter

Robert Hofstadter (1915.5.2, NyuYork — 1990) — amerikalik fizik. Prinston universitetini tugatgan (1938). Prinston universitetida (1946-yildan), Stanford universitetida (1950-yildan, 1954-yildan professor) ishlagan. Gamma kvantlar, neytronlar va rentgen nurlanishlarini qayd qilish uchun moʻljallagan hisoblagichlarni yaratgan. Kosmik nurlarni va relyativistik elektronlar vujudga keltirgan kaskadjalalarni oʻrgangan. Elektronlarning nuklonlarda tarqalishiga doyr fundamental ishlarni amalga oshirgan, natijada nuklonlarning strukturasini bilishga imkon tugʻilgan. Nobel mukofoti laureati (1961)[1][2].

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil