Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qorabovur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorabovur

QorabovurUstyurt platosining markaziy qismidagi qir. Qoraqalpogʻiston va Qozogʻiston Respublikalari hududida. Shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa qariyb 220 km ga choʻzilgan. Eni oʻrta qismida keng, 120 km dan ortiq. Oʻrtacha bal. 200 m, shimoli-gʻarbida 290 m gacha. Yer yuzasi tekis, yon bagʻirlari quruq soylar bilan kesilgan. Trias, yura, boʻr, paleogen va neogen choʻkindi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Ularning ustida sarmat davri ohaktoshlari tarqalgan, ohaktoshlar orasida gipsli mergel va gil qatlamlari uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, temperatura qishda —30° gacha, yozi issiq, quruq, davomli, eng yuqori temperatura 44°. Yillik yogʻin 150 mm gacha. Karst relyef shakllari (karst voronkalari, diametri 30 m gacha, chuq. 16 m gacha), ostida koʻllar mavjud boʻlgan gʻorlar uchraydi. Sur-qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Oʻsimlik qoplami siyrak, shuvoq, shoʻra va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi choʻlga xos.