Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Paralimpiya ramzlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paralimpiya ramzlari – Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan Paralimpiya oʻyinlarini targʻib qilishda foydalaniladigan nishonlar, bayroqlar va boshqa belgilar.

Paralimpiya shiori – ,,Ruh harakatda". Shior 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida qabul qilingan [1] Oldingi shior 1994-yilda qabul qilingan boʻlib, ,,Aql, tana, ruh" deb nomlangan[1] .

Paralimpiya ramzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Paralimpiya ramzi qizil, koʻk va yashil rangdagi uchta agitosdan iborat boʻlib, ular turli mamlakatlarning davlat bayroqlarida keng aks ettirilgan.

Paralimpiya oʻyinlarining ramzi oq maydonda bitta nuqtani oʻrab turgan qizil, koʻk va yashil rangli uchta yarim oy ,,agitos"dan iborat. ,,Agitos" soʻzi lotincha harakat qilish, yoʻnaltirish, intilish degan maʼnoni anglatadi. Har bir agitos uchun ranglarni tanlash turli mamlakatlarning davlat bayroqlarida tez-tez uchraydigan ranglar kombinatsiyasi bilan bogʻliq. Paralimpiya ramzi Yevropaning yirik Scholz & Friends reklama agentligi tomonidan yaratilgan va 2003-yil aprel oyida tasdiqlangan [1] .

Paralimpiya ramzi birinchi marta 2003-yilda bosma nashrlarda qoʻllanilgan. 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ramzini namoyish etishda vaqt cheklovi boʻlganligi sababli ularda yangi ramzdan foydalanilmagan. 2004-yilgi oʻyinlarning yopilish marosimida Pekinga yangi ramzli bayroq topshirilgan[2]. Yangi ramz birinchi marta 2006-yilda Turindagi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida Paralimpiya emblemasi sifatida namoyish etilgan[3].

Birinchi Paralimpiya logotipi (1988-1994)

Birinchi Paralimpiya logotipi 1988-yilda Seulda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlari uchun koreys alifbosiga asoslangan holda yaratilgan (Xangil: 파; Xanja: 巴), ulardan ikkitasi Janubiy Koreya bayrogʻining markazida joylashgan. Birinchi Paralimpiya bayrogʻida Olimpiya halqalaridagi kabi ranglarga ega boʻlgan beshta yarim halqadan foydalanilgan: koʻk, qora, qizil, sariq va yashil [1] .

1990-yil 6-oktabrda Butunjahon nogironlar sporti tashkilotining (ICC) Xalqaro muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasi Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) ramzini oʻzgartirmoqchi ekanligini eʼlon qilgan[1][4]. 1991-yilda Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasi (IPC) uchun yaratilgan yangi logotip oltita yarim halqadan iborat boʻlgan. 1991-yil noyabr oyida IPC aʼzolari besh elementli ramzni yaratib, yangi yaratilgan logotipga qarshi ovoz bergan. Shuningdek, XOQ, agar belgi oʻzgarmasa, IPC bilan kelgusidagi hamkorlikni rad etishini keskin taʼkidlagan.

Paralimpiya oʻyinlarining ikkinchi logotipi (1994-2004)

1992-yil mart oyida Paralimpiya ramzi uchta elementdan tashkil topgan yangi belgiga oʻzgartirilgan. Biroq, Lillexammerda Paralimpiya tashkiliy qoʻmitasi besh elementga asoslangan marketing dasturini boshlab yuborgan. Paralimpiya ramzining yangi versiyasi 2004-yilda Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlaridan boshlab tarqatilgan[1] .

Paralimpiya xos belgilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir Paralimpiya oʻyinlari oʻz Paralimpiya emblemalariga ega. Bunda Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiladigan shahar oʻz ramzini yaratadi.

Paralimpiya timsollari[8] Paralimpiya ramzi va hodisasini anglatish maqsadida bir yoki bir nechta oʻziga xos elementlarni oʻz ichiga oladi.

Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (XPQ) Paralimpiya emblemalarini tasdiqlaydi. Paralimpiya emblemalari Paralimpiya oʻyinlari homiylarining reklama materiallarida qoʻllanadi, sportchilarning kiyimlarida tasvirlanadi. Barcha belgilar Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasining mulki hisoblanadi.

2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi emblema tasviri
Kew Gardens London Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Paralimpiya ramzining gulli namoyishi
Paralimpiya bayrogʻi

Paralimpiya bayrogʻi oq fonda boʻlib, markazda Paralimpiya ramzi tasvirlangan.

Hozirgi Paralimpiya bayrogʻi birinchi marta 2004-yilda Afinada oʻtkazilgan Paralimpiya oʻyinlarining yopilish marosimida namoyish etilgan.

Mash’ala va estafeta poygalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2000-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida tunda osmonda Paralimpiya mash’alasining koʻrinishi

2010-yilga qadar Qishki Paralimpiya oʻyinlarida mezbon davlat Paralimpiya mash’alasini yoqishi odat boʻlgan[5]. Biroq, 2012-yildan boshlab Yozgi Paralimpiya oʻyinlari uchun qoida oʻzgargan. Paralimpiya alangasi turli hududlarning chiroqlarini qamrab ola boshlagan. 2012-yilda Londondagi alanganing koʻlami London, Belfast, Edinburg va Kardiffdagi chiroqlarni oʻz ichiga olgan. Stok Mandevilda chiroqlar birlashtirilgan. Kelajakda ushbu anʼana davom ettirilib, turli mamlakatlar oʻzaro chiroqlar bilan birlashtiriladi[6] . Paralimpiya ramziy anʼanasiga asos solingan Stok Mandevil shahridagi mash’ala hamisha umumiy mash’alalar orasiga kiritilgan[7]. Paralimpiya mash’alasi butun Oʻyin davomida marosim tugaguniga qadar yonib turadi, uning oʻchirilishi Paralimpiya oʻyinlari tugashini anglatadi.

Paralimpiya oʻyinlari bilan bogʻliq yana bir ramz Paralimpiya medallaridir. Medallar zarhal kumush (oltin medallar), kumush yoki bronzadan yasalgan. Ular Oʻyinlar bilan bogʻliq aniq holatlar uchun beriladi.

Har bir Paralimpiya oʻyinlarining oʻz medallari bor.

Paralimpiya bayrogʻi koʻtarilganda Paralimpiya madhiyasi yangraydi. Madhiya musiqasi bastakor Tyerri Darnis tomonidan yaratilgan ,,Himn de l’Avenir" (,,Kelajak madhiyasi") musiqiy asaridir. Madhiya 1996-yil mart oyida IPC tomonidan tasdiqlangan[8].


2001-yilda avstraliyalik kantri qoʻshiqchisi Grem Konnors madhiya matni muallifi hisoblanadi[9] .

Paralimpiya qasamyodi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya qasamyodi har bir Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida sportchilar, hakamlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan beriladigan tantanali qasamdir.

Qasamyod qabul qilinayotganda tashkilotchi mamlakat jamoasi sportchisi Paralimpiya bayrogʻi burchagini ushlab turadi.

Sportchilar qasamyodi

Joriy Paralimpiya oʻyinlarida ularning qoidalariga hurmat koʻrsatib, rioya qilgan holda qatnashishga vaʼda beraman. Musobaqalar doping va giyohvand moddalarsiz, sport raqobati ruhida, sport shon-shuhratini oshirish va jamoalar sharafi uchun oʻtkaziladi.

Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilayotgan davlatning sudyasi ham bayroqning burchagini ushlab turadi, biroq hakamlarning qasamyodi sportchilarning qasamyodidan biroz farq qiladi:

Hakamlar (mansabdor shaxslar) qasamyodi

Men barcha hakamlar va rasmiylar nomidan ushbu Paralimpiya oʻyinlarini toʻliq xolislik, hurmat va qoidalarga rioya qilgan holda, haqiqiy raqobat ruhida oʻtkazishimizga vaʼda beraman.

Murabbiylar bir oz boshqacha qasamyod qilishadi

Murabbiylar qasamyodi

Barcha murabbiylar va sportchilar jamoatchiligi nomidan Paralimpiya harakatining taʼsis tamoyillariga muvofiq sport ruhi va halol oʻyin toʻliq amalga oshirilishini taʼminlashga vaʼda beraman.

Birinchi paralimpiya qasamyodi 1960-yilda Rimda boʻlib oʻtgan birinchi Paralimpiya oʻyinlarida qabul qilingan. Paralimpiya qasamyodi Olimpiya qasamyodi bilan bir xil boʻlib, ,,Olimpiya" soʻzlari ,,Paralimpiya" soʻzlari bilan almashtirilgan. Qasamyod Per de Kuberten tomonidan yozilgan. Birinchi qasamyod (sportchi qasamyodi) 1920-yilda Antverpendagi Olimpiya oʻyinlarida qabul qilingan. Kubertin matni bir necha marta oʻzgartirilgan. Hakamlar va mansabdor shaxslarning birinchi qasamyodi 1972-yilda Sapporoda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida oʻqib eshittirilgan[10]. Murabbiylarning ilk qasamyodi London-2012 Paralimpiya oʻyinlarida qabul qilingan.

Paralimpiya ordeni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya ordeni Paralimpiya harakatlarining oliy mukofotidir. Paralimpiya ordeni Paralimpiya harakatini rivojlantirishga alohida hissa qoʻshgan shaxslarga beriladi .

Paralimpiya tumori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir Paralimpiya oʻyinlarining oʻz tumorlari bor. Ular koʻpincha oʻyin yoki ertak qahramonlari olamida yashovchi hayvonlar figuralarini aks ettiradi. Sochidagi Paralimpiya oʻyinlarining tumori Luchik va Snejinka, Rio-de-Janeyrodagi 2016-Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining tumori Vinisius va Tom boʻlgan[11] .

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „New Logo and Motto for IPC“. International Paralympic Committee (2003). 2008-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  2. New Logo and Motto for IPC (Wayback Machine saytida 2012-02-13 sanasida arxivlangan), International Paralympic Committee (IPC)
  3. Firsts at the Torino 2006 Paralympic Winter Games (Wayback Machine saytida 2010-11-01 sanasida arxivlangan), International Paralympic Committee (IPC)
  4. Athlete first: a history of the paralympic movement, by Steve Bailey, Google Books
  5. Games symbols and mascots ( at getset.london2012.com Error: unknown archive URL 20100309051202 sanasida arxivlangan), Get Set – London 2012 Education Programme
  6. „Источник“ (deadlink). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
  7. Stoke Mandeville (Wayback Machine saytida 2013-12-12 sanasida arxivlangan), Stoke Mandeville to feature in all Paralympic Games Torch Relays
  8. IPC Handbook – Bylaws Governance and Organizational Structure (Wayback Machine saytida 2016-08-26 sanasida arxivlangan) (.pdf file), International Paralympic Committee (IPC)
  9. [1], International Paralympic Committee (IPC), 2001
  10. Paralympic Oath (Wayback Machine saytida 2010-06-19 sanasida arxivlangan) (.pdf file), International Paralympic Committee (IPC)
  11. „Талисманы Олимпийских игр“. 2016-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.