Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Parana (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parana (ispancha: Paraná) — Argentinaning sharqiy qismidagi shaqar, Entre-Rios provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 235,9 ming kishi (2001). Parana daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Chetga kun-teri, jun, sitrus mevalar, makkajoʻxori, bugʻdoy chiqariladi. Oziqovqat, koʻn-poyabzal, sement, keramika, yogʻochsozlik va me-tallsozlik sanoati korxonalari bor. Transport jihozlari ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. Shaharga 1730-yilda asos solingan. 1853—63 yillarda Argentina poytaxti. Universitet, rasadxona, muzeylar bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil