Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Shemaxa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shemaxa (ozarbayjoncha: Şamaxı, arabcha: Ash-Shamahiya) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar. Katta Kavkazning jan.sharqiy etagida, Bokudan 122 km gʻarbda, Kyurdamir temir yoʻl stanskyasidan 72 km shim.sharqda joylashgan. Respublikaning vinochilik va gilamchilik markazi. Aholisi 24 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari).

SH. — Ozarbayjonning eng qadimiy shaharlaridan. Arxeologik qazishmalar natijasida shaharning shim.gʻarbiy qismida mil.av. 54-asrlarga oid manzilgoh topildi. Ptolemey ( 2-asr) shahrini Shemaxiya deb tilga olgan. 916-asrlarda shahar Shirvon mulkining poytaxti va Shirvonshohlar qarorgohi. Sh. shirvonapsheron meʼmorligi, shuningdek, amaliy sanʼat (gilam toʻqish, oʻymakorlik, misgarlik va boshqalar) va miniatyura markazlaridan boʻlgan. Shahar karvon yoʻllarining chorrahasida joylashgan, shu bois Yaqin Sharqda yirik savdohunarmandchilik markaziga aylangan, xalqaro ipak savdosida muhim oʻrin tutgan. shahrida ozarbayjon, eron, arab, oʻrtaosiyolik, rus, hind va gʻarbiy yevropalik savdogarlar savdosotiq qilganlar. Shaharda ularning faktoriyalari boʻlgan. Koʻplab ipak va ip gazlama ishlab chiqarish va gilam toʻqish ustaxonalari ishlab turgan. 1222 yilda shahrini moʻgʻullar uzoq vaqt qamal qilib egallagach, vayron qilgan. shahrida A.Jenkinson (1562, 1565) boʻlgan. 18-asr oʻrtasidan Sh. Shemaxa xonligi poytaxti. 1805-yil Rossiya qoʻshinlari egallagan. 1991-yildan mustaqil Ozarbayjon tarkibida.

shahrida Ozarbayjon madaniyatining mashhur arboblari (olimlar, shoirlar, meʼmorlar)dan Xoqoniy Shirvoniy (12asr), Zayniddin Shirvoniy (13-asr), Imodiddin Nasimiy (14-asr oxiri — 15-asr boshi), Nishot Shirvoniy (18asr), Hoji Zaynalobiddin Shirvoniy (18-asr), Said Azim Shirvoniy (19-asr), M.A.Sobir (19-asr oxiri — 20-asr boshi) va boshqalar yashab ijod qilganlar. Meʼmoriy yodgorliklardan Jomeʼ Masjid (10-asr), Shirvonshohlar saroyi (12-asr), karvonsaroylar (17-asr) ning ayrim qismlarigina, "Yetti gumbaz" maqbarasi xarobalari saqlanib qolgan. Sh. 1820 yilda qayta tiklangan. Shahridan 22 km shim.gʻarbda 1435 m balandlikda Shemaxa astrofizika rasadxonasi joylashgan. Sh. yaqinida mashhur oʻrta asr qalʼalari Guliston va QalʼaiBugurd bor.

  • Azerbaydjan (Istoricheskiye i dostoprimechatelniye mesta), Baku, 1960.