Sekine Evren
Sekine Evren | |
---|---|
Turkiyaning birinchi xonimi | |
Mansab davri 1980-yil 12-sentabr – 1982-yil 3-mart | |
Prezident | Kenan Evren |
Oʻtmishdoshi | Emel Korutürk |
Vorisi | Semra Özal |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Sekine Kankotan 1922-yil Dersim, Tunceli, Usmonli imperiyasi |
Vafoti |
1982-yil 3-mart Anqara, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Millati | Turk |
Turmush oʻrtogʻi | Kenan Evren |
Bolalari | 3 |
Dafn etilgan joyi | Cebeci Asri qabristoni |
Sekine Evren (asl ismi Sekine Kankotan; 1922-yil — 1982-yil 3-mart) turmush oʻrtogʻi Kenan Evren prezidentligi davrida 1980-yil 12-sentabrdan 1982-yil 3-martda vafot etgunga qadar Turkiyaning birinchi xonimi boʻlgan[1].
Sekine Kankotan 1922-yilda Manisaning Alashehir shahrida, oʻsha paytdagi Usmonli imperiyasida oilaning birinchi qizi boʻlib tugʻilgan[2]. Uning yana uchta singlisi bor edi. U oilaviy sharoiti ogʻirligi tufayli oʻqishni yakunlay olmadi[3]. Sekine Evren 1944-yilda ota-onasining ruxsatisiz oʻsha vaqtdagi katta leytenant Kenan Evrenga turmushga chiqdi[4]. Eri Kenan Koreya urushi (1950—1953-yillar) paytida turk brigadasiga tayinlangani uchun uning birinchi farzandi oʻsha yerda tugʻilishi bilan vafot etdi. Keyinroq esa Shenay, Gulay va Miray ismli uch qizni dunyoga keltirdi[5]. Evren juda yoshligidan qandli diabetga chalingan[6] edi. 1980-yil may oyida Belgiyaning Bryussel shahriga sayohati chogʻida u yurak xurujiga uchradi va bir umrga falaj boʻlib qoldi.
1980-yil 12-sentabrda Turkiyada Turk Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshligʻi toʻrt yulduzli general Kenan Evren boshchiligida harbiy toʻntarish uyushtirdi. Toʻntarish bilan Milliy xavfsizlik kengashi boshqaruv organi sifatida paydo boʻldi. 1980-yilgi kengash qoʻmondonlardan, Bosh shtab boshligʻi va Kenan Evrendan iborat edi. Harbiy xunta hukumatni agʻdarib, Kenan Evrenni davlat rahbari etib tayinladi. Sekine Evren, eri oʻzini prezident deb eʼlon qilgani va qonuniy ravishda saylanmagani uchun prezidentlik qarorgohi Chankaya saroyiga koʻchib oʻtishni rad etdi. U vafotiga qadar harbiy qarorgohda yashashni davom ettirdi[7].
Sekine Evren 1982-yil 3-martda vafot etdi U Anqaradagi Hoji Bayram masjidida oʻtkazilgan davlat dafn marosimidan keyin dafn qilindi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.hurriyet.com.tr/kelebek/cankaya-nin-first-lady-leri-6334049
- ↑ https://www.sabah.com.tr/gundem/2015/05/11/kenan-evrenin-esinin-buyuk-sirlari
- ↑ https://www.hurriyet.com.tr/kelebek/cankaya-nin-first-lady-leri-6334049
- ↑ https://www.sabah.com.tr/gundem/2015/05/11/kenan-evrenin-esinin-buyuk-sirlari
- ↑ https://www.sabah.com.tr/gundem/2015/05/11/kenan-evrenin-esinin-buyuk-sirlari.
- ↑ https://www.hurriyet.com.tr/kelebek/cankaya-nin-first-lady-leri-6334049
- ↑ https://www.sabah.com.tr/galeri/aktuel/turkiyenin-first-ladyleri
- ↑ „arxiv nusxasi“. 17-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.