Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Samarali doza (radiatsiya)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Samarali doza – Xalqaro Radiologik Himoya Komissiyasi (ICRP) radiologik himoya sistemasidagi doza oʻlchovi.

Bu inson tanasining barcha koʻrsatilgan toʻqimalari va inson azolarida ekvivalent dozalarning toʻqimalarga oʻlchangan yigʻindisidir va butun organizm uchun stoxastik salomatlik darajasini xavfligi, yaʼni saraton paydo boʻlish ehtimoli va genetik taʼsirni, past darajadagi ionlashtiruvchi nurlanishni anglatadi. Bu nurlanish turini va nurlanayotgan har bir azo yoki toʻqimalarning xususiyatini hisobga olgan holda va jami hisoblangan samarali dozani ishlab chiqarish uchun turli darajadagi ichki va tashqi nurlanish turlariga bogʻliq boʻlgan azo dozalarini jamlash imkonini koʻrsatadi.

Samarali dozani SI birligi sievert (Sv) boʻlib, saraton rivojlanishining 5,5% ehtimolini koʻrsatadi. Samarali doza sogʻliqqa deterministik taʼsir oʻlchovi sifatida qoʻllanilmagan, yaʼni toʻqimalarning oʻtkir jarohatlanishining ogʻirligi boʻlishi aniq, bu soʻrilgan doza miqdori bilan oʻlchanadi.

Samarali doza jumlasi Volfgang Yakobi tomonidan yuritilgan va 1975 yilda nashr etilgan va shunchalik ishonchli ediki, ICRP uni 1977 yildagi butun tavsiyalariga (26-nashr) „samarali doza ekvivalenti“ sifatida kiritgan. „Effektiv doza“ soʻzi 1991 yilda „samarali doza ekvivalenti“ nomini almashtirdi 1977 yildan buyon u ICRP xalqaro radiologik himoya tizimida dozani cheklash uchun markaziy miqdor boʻlib kelgan.

Radiatsiyadan himoya qilish va dozimetriyada ishlatiladigan tashqi doza miqdori

ICRP maʼlumotlariga koʻra, samarali dozani foydalanishning asosiy yoʻnalishlari radiologik himoyani reja qilish va optimallashtirish uchun dozani istiqbolli baholash va tartibga solish maqsadlarida doza chegaralariga muvofiqligini koʻrsatib berishdir. Shunday qilib, samarali doza tartibga solish maqsadlari uchun markaziy doza miqdori ifodalanadii.

ICRP shuningdek, samarali doza radiologik himoyaga katta hissa qoʻshganini aytadi, sababi u turli xil turdagi tashqi nurlanish va radionuklidlarni qabul qilish natijasida tananing toʻliq va qisman taʼsiridan dozalarni janlash imkonini koʻrsatib beradi.

Tashqi doza uchun foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarali dozani hisoblash inson tanasining qisman yoki bir xil boʻlmagan nurlanishi uchun talab qilinadi, chunki ekvivalent doza nurlangan toʻqimalarni emas, balki faqat nurlanish turini hisobga oladi. Xar xil tana toʻqimalari ionlashtiruvchi nurlanishga xar xil yoʻllar bilan reaksiyaga kirishadi, shuningdek ICRP maʼlum toʻqimalar va organlarga sezgirlik jihatlarini tayinladi, shunda nurlangan qismlar maʼlum boʻlsa, qisman nurlanish taʼsirini hisoblash mumkin.[1] Tananing asosan bir qismini nurlantiradigan radiatsiya maydoni, shunday maydon butun tanani nurlantirgandan koʻra, kamroq xavf koʻrsatadi. Buni hisobga olish uchun nurlangan tananing tarkibiy qismlariga samarali dozalar hisoblabnadi va jamlanadi. Bu xamma organizm uchun samarali dozaga oʻzgaradi, doza miqdori . Bu „himoya“ dozasidir, uni hisoblash mumkin, biroq amalda oʻlchash imkonini bermaydi.

Samarali doza, qayerda foydlanilganidan qatʼiy nazar, xar bir organ uchun bir xil foydali xavfga ega boʻladi va u butun tanaga bir xilda foydalaniladi bir xil miqdordagi ekvivalent doza bilan bir xil samarali xavfga ega boʻladi.

  1. ICRP publication 103, para 22 & glossary