„Girlfriend (Alicia Keys)“ Chiqarilgan sana: 25-noyabr, 2002-yil
Songs in A Minor – amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Alicia Keysning 2001-yil 5-iyunda J Records tomonidan chiqarilgan debyut studiyaviy albomi.
Alicia Keysning albomi birinchi haftasida 236 000 nusxada sotiladi va Billboard 200 reytingida birinchi oʻrinni egallaydi. Albom Amerika Qoʻshma Shtatlarida 7 milliondan ortiq nusxada va butun dunyo boʻylab 12 million nusxada sotilgan. Albom Keysga bir nechta mukofotlarni, jumladan, 44-yillik Grammy mukofotlarida beshta Grammy mukofotini olib kelgan. Albomning yoyilishi uchun Keys oʻzining „Songs in A Minor Tour“ nomli birinchi konsert gastrolini boshlaydi.
Albom 2022-yilda Kongress kutubxonasi tomonidan Milliy yozuvlar reestrida saqlash uchun tanlangan[1].
Keys 14 yoshida Songs in A Minor tarkibidagi qoʻshiqlarni yozishni boshladi. „Butterflyz“ qoʻshigʻi ushbu albomning birinchi kompozitsiyasi edi[2][3][4][5]. U 16 yoshida Professional sahna sanʼati maktabini tamomlaydi, soʻngra Kolumbiya universitetiga qabul qilinadi. Biroq Alicia 4 haftadan keyin musiqiy karyerasini davom ettirish uchun oʻqishdan ketadi. Alicia Jermaine Dupri bilan uning So So Def albomi uchun demoshartnoma imzolaydi. U 1997-yilda ishlab chiqarilgan Qora libosli odamlar filmining soundtrekidagi „Dah Dee Dah (Sexy Thing)“ qoʻshigʻining hammuallifi hisoblanadi. Keys Albomni 1998-yilda yoza boshlagan. U albomni shu yilning oʻzidayoq tugallaydi, lekin Columbia Records albomni rad etadi.
Songs in A Minor tanqidchilardan ijobiy baho oldi. Meʼyorlashtirilgan reytingni belgilaydigan Metacriticda ushbu albom 10 ta sharh asosida oʻrtacha 100 balldan 78 ball oldi[6].
NMEda sharhlash davomida, Sam Faulkner zamonaviy musiqa va retrospektiv oʻrtasidagi muvozanatni "sof daholik" deb ta'riflagan[7].
Songs in A Minor birinchi haftasida 236 000 nusxada sotilgan va Billboard 200 reytingida birinchi oʻrinni egallagan[8]. Ogʻizdan ogʻizga va reklama orqali albom ikkinchi haftada yana 221 000 nusxa sotilgan holda chartda birinchi oʻrinda qoladi[9]. Albom jami uch hafta ketma-ket birinchi oʻrinni egallaydi va 2001-yilning eng koʻp sotilgan albomlaridan biriga aylanadi[10]. 2014-yil iyun holatiga koʻra, albom Shtatlarda umumiy 6,348,000 nusxada sotilgan[11]. Billboard tomonidan albom 2000-yillar uchun Billboard 200 oʻn yillik yakunlari jadvalida 32-oʻringa va Top R&B/Hip-Hop albomlari oʻn yillik yakunlari jadvalida 12-oʻringa loyiq koʻriladi[12][13]. 2020-yil 19-avgustda albom Amerika Qoʻshma Shtatlardagi yetti million dona albom ekvivalent birliklari va umumiy sotuvlari uchun Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan septuple platinum sertifikatiga ega boʻldi[14].