Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Nushobod

Koordinatalari: 34°4′47″N 51°26′12″E / 34.07972°N 51.43667°E / 34.07972; 51.43667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nushobod

نوش آباد
Shahar
34°4′47″N 51°26′12″E / 34.07972°N 51.43667°E / 34.07972; 51.43667
Mamlakat Eron
Aholisi
 (2016)
11,838[1]
Vaqt mintaqasi UTCIRST
Nushobod xaritada

Nushobod (forscha: نوش آباد, shuningdek, Nūshābād sifatida romanizatsiya qilingan; Noshābād sifatida ham tanilgan)[2] — Isfahon viloyatining Aran va Bidgol okrugiga qarashli shahar. 2006-yil aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 10,476 nafar, 2,859 oiladan iborat boʻlgan[3].

Yer osti shahri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ouyi (Nushobod) yer osti shahri Isfahon viloyatining Koshan shahridan 5 km shimolda joylashgan qadimiy meʼmorchilik namunasi va diqqatga sazovor qismi hisoblanadi. Nushobod shahri Eronning markaziy choʻl mintaqasida joylashgani uchun ob-havo keskin oʻzgaruvchan. Kunduzi Nushobodda harorat juda issiq, kechalari esa sovuq boʻladi.

Bu shaharning Nushobod („sovuq, mazali suv shahri“ maʼnosida) deb atalishining sababi shundaki, qadimda bu hududdan oʻtayotgan Sosoniy podshohlaridan biri quduqdan suv ichish uchun shu yerda toʻxtab oʻtgan. U suvning nihoyatda tiniq va sovuqligini koʻrgan. Shuning uchun bu quduq atrofida shahar qurishni buyurdi. Shaharni esa Anushobod deb nomlaydi. Keyinchalik bu nom Nushobodga aylandi.

Ushbu yer osti shahrining qurilishining sabablaridan biri mintaqadagi kunduzgi haroratdan qochishdir. Ammo yer osti shahrining oʻyib ishlanganligiga asosiy sabab, oʻtmishda bu hududning xavfsiz boʻlmaganligi, bosqinlardan aziyat chekkanligidir. Qolaversa, butun shahar ostida yer osti oʻtish yoʻllari zanjirini hosil qilganligi sababli, aholining hujumlar davrda u yerda boshpana topishi mumkinligi edi. Ushbu yoʻlaklar orqali ular shaharning istalgan nuqtasiga koʻrinmasdan yetib borishlari mumkin edi.

Ushbu yer osti shahrining chuqurligi 4 metrdan 18 metrgacha. Yer osti shahriga borish uchun turli xil teshiklar mavjud edi. Ushbu teshiklarning baʼzilari odamlarning uylari ichida, boshqalari esa shahar tashqarisidagi asosiy qal’alar va muhim yigʻilish joylarida joylashgan edi. Odamlar koʻchaga chiqmasdan yer osti yoʻlaklarida bir necha kun yashashlari mumkin boʻlgan.

Ushbu yer osti shahrida uchta daraja mavjud boʻlib, ular turli darajalarga oʻtish uchun pastdan yuqoriga harakat qilish uchun moslashtirilgan. Ularning arxitekturasining yana bir qiziq jihati bu aholiga dushmanlarni pistirma qilish imkonini yaratgan egri yoʻlaklar edi. Bundan tashqari, dushmanlarga qarshi turishning yana bir qancha hiyla-nayranglari boʻlgan. Masalan, xonalarning oʻrtasida chuqur teshiklar qazish va ularni dumalovchi toshlar bilan qoplash[4].

  1. „Statistical Center of Iran > Home“.
  2. Nushobod can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3077362" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
  3. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (Excel). Eron statistika markazi. 2011-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Home“. civiltect.com.