Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Nikita Simonyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikita Simonyan
Simonyan in 2017
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nikita Pavlovich Simonyan
Tavallud sanasi 12-oktyabr 1926-yil (1926-10-12) (97 yosh)
Tavallud joyi Armavir, RSFSR, SSSR
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Dinamo Suxumi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1946–1948 Krylya Sovetov Moskva 52 (9)
1949–1959 Spartak Moskva 233 (133)
Total 285 (142)
Milliy terma jamoa
1954–1958 SSSR 20 (10)
Boshqargan klublari
1960–1965 Spartak Moskva
1963 SSSR
1964 SSSR
1967–1972 Spartak Moskva
1973–1974 Ararat Yerevan
1977–1979 SSSR
1980–1981 Chornomorets
1984–1985 Ararat Yerevan
1988 SSSR
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nikita Pavlovich Simonyan (ruscha: Никита Павлович Симонян, armancha: Նիկիտա Մկրտիչ Սիմոնյան, 12-oktyabr 1926-yilda Armavirda tugʻilgan) – sovet va rus sobiq futbol hujumchisi va arman murabbiyi. 2021-yildan boshlab Simonyan rossiyalik futbol funksioneri Rossiya futbol ittifoqining birinchi vitse-prezidenti edi. Simonyan 1954-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoni, 1968-yilda Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni, 1970-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni va „Vatan oldidagi xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[1]. Simonyan 160 ta gol bilan Moskvaning „Spartak“ klubi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi[2].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simonyan yoshligida Suxumining „Dinamo“ klubida oʻynagan. Suxumida oʻn olti yil yashaganidan soʻng, Simonyan Moskvaga koʻchib oʻtgan va u yerda „Krilya Sovetov“ deb nomlanuvchi mahalliy „Krilya Sovetov Moskva“ klubi tarkibiga qoʻshilgan. Goroxov Simonyanning Moskvadagi birinchi murabbiyiga aylangan.

„Krilya Sovetov Moskva“ 1948-yilgi Sovet Oliy Ligasida oxirgi oʻrinni egallaganidan soʻng, klub tarqatib yuborilgan. Simonyan 1949-yilda Moskvaning „Spartak“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Oʻzining birinchi yilida „Spartak Moskva“ klubi bialn 1949-yilgi Sovet Oliy Ligasida uchinchi oʻrinni egallagan. Simonyan va Spartak nihoyat 1952-yilgi Sovet Oliy Ligasida gʻalaba qozonishgan. Nikita faoliyati davomida „Spartak“ jamoasisafida 233 ta oʻyinda maydonga tushib, 133 ta gol urgan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simonyan 1954-yilda Sovet Ittifoqining futbol terma jamoasiga qoʻshilgan. Nikita jamoa bilan 1956-yilda Melburnda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Jamoa Germaniya, Indoneziya, Bolgariya va nihoyat Yugoslaviyani magʻlub etib, futbol boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan[3].

Simonyan 1958-yilgi FIFA Jahon chempionatida, birinchi jahon chempionatida Sovet futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan. Jamoa sardori Igor Netto jahon chempionatining aksariyat qismida jarohati tufayli maydonga tusha olmagani uchun uning oʻrniga Simonyan jamoa sardori etib tayinlangan. Jamoa 4-guruhga joylashgan. Simonyan Angliya darvozasiga gol urgan va lekin sovet jamoasi oʻyin yakunida durangga erishgan. Sovet Ittifoqi soʻnggi guruh oʻyinida Pele boshchiligidagi Braziliya termasiga magʻlub boʻlgan. SSSR guruh bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan, pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan. Sovet terma jamoasi chorak finalda Shvetsiyaga magʻlub boʻlishgan. Simonyan oʻzining soʻnggi oʻyinini 1958-yil 19-iyunda oʻtkazgan. Simonyan terma jamoa tarkibida 20 ta oʻyinda ishtirok etib 10 ta gol muallifi boʻlgan[4].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simonyan futbolchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, 1960-yilda Moskvaning „Spartak“ klubining menejeri va bosh murabbiyi boʻlgan. Simonyan va „Spartak“ 1965-yilgi Sovet kubogini qoʻlga kiritgach, Simonyan klubni boshqarishni toʻxtatgan. Nikita 1967-yilda yana „Spartak“ni boshqarishni boshlagan. „Spartak“ 1968-yilda yana SSSR oliy ligasida ikkicnhi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Klub 1969-yilda Sovet Oliy Ligasini qoʻlga kiritgan va Simonyan bosh murabbiy sifatida ikkinchi marta Oliy liga chempionligini qoʻlga kiritgan. Simonyan va Spartak jamoasi birgalikda 1971-yilgi Sovet kubogini qoʻlga kiritgan edilar. Simonyan 1972-yilda „Spartak“ jamoasini boshqarishni butunlay toʻxtatgan.

Simonyan 1973-yilda Armanistonning „Ararat Yerevan“ klubini boshqarish bilan, murabbiylik faoliyatini qayta boshlagan. Ararat Yerevan jamoasi bilan dastlabki yilidayoq, 1973-yilgi Sovet Kubogini qoʻlga kiritgan. Simonyan qoʻl ostida klub oʻzining ilk sovet chempionligini ham qoʻlga kiritgan. Simonyan 1974-yilda klub murabbiyligidan ketgan. Nikita 1984-yilda „Ararat Yerevan“ jamoasiga qaytib kelgan va 1985-yilda klub murabbiyligi tark etgan.

Maʼmuriy faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yilda „Fisht“ stadionining ochilishida

Simonyan keyinchalik Sovet Ittifoqi futbol federatsiyasi, SSSR sport qoʻmitasi va Rossiya futbol ittifoqida yuqori lavozimlarda ishlagan. 2009-yil 24-noyabrda Simonyan Vitaliy Mutko isteʼfoga chiqqanidan keyin Rossiya futbol ittifoqi prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Simonyan 2010-yilning 3-fevraliga qadar bu lavozimda edi. Rossiya futbol ittifoqining navbatdan tashqari konferensiyasida 3-fevral kuni Sergey Fursenko yangi prezident etib saylangan.

Simonyan Yevro-2012 doirasida Yerevanda boʻlib oʻtgan va durang bilan yakunlangan Rossiya va Armaniston terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinga tashrif buyurgan edi. 2011-yilning 25-martida, oʻyindan bir kun oldin Armaniston prezidenti Serj Sargsyan Nikita Simonyanni „Shon-sharaf“ medali bilan taqdirladi. Taqdirlash marosimida Simonyan shunday dedi:

Men ushbu muhtaram mukofotni olishdan faxrlanaman. Bilasizmi, men yuz foiz armanman. Mening ota-onam artvinlik armanlar boʻlib, bir vaqtlar genotsiddan qochib ketishgan. Mening otam buyuk vatanparvar edi. 1973-yilda „Ararat“ jamoasini boshqarish men uchun katta sharaf edi. Bu yigitlar unvon va kubokni qoʻlga kiritganlari esa men uchun murabbiy sifatida bayram edi. Darhaqiqat, bu ajoyib jamoa edi…[5]

2012-yil 25-iyunda Sergey Fursenko isteʼfoga chiqqanidan keyin Simonyan ikkinchi marta Rossiya futbol ittifoqi prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Simonyan 2012-yil 3-sentyabrda, Nikolay Tolstix Rossiya futbol ittifoqi prezidenti etib saylanganidan soʻng oʻz lavozimini tark etgan. Simonyan vatandoshi, „Spartak“ faxriysi Aleksandr Mirzoyan bilan birga Yura Movsisyanga „Spartak“ futbolchisi boʻlganligi munosabati bilan yaxshi tilaklar yoʻllagan. Simonyan Movsisyanga shunday deb yozgan edi: "Aziz Yura, umid qilamanki, sen „Spartak“da mendan koʻra koʻproq unvon qoʻlga kirittasan. Senga muvaffaqiyatlar tilayman!" Movsisyan shunday javob berdi:

Simonyanning futbolchi va murabbiy sifatidagi yutuqlaridan oshib ketish qiyin boʻladi. Bunday yuksak tilaklar uchun katta rahmat. Men Simonyan va Mirzoyanni eng buyuk futbolchilar deb bilaman va ular kabi arman ekanligimdan faxrlanaman. Men ularning oʻyinlarini koʻrmaganman, lekin bilaman, ular „Spartak“ uchun juda koʻp ish qilishgan. Men ularga [muvaffaqiyatlar boʻyicha] yaqin ham emasman. [Ammo] Albatta, mening rejalarim bor. Men gollar urib, gʻalaba qozonishni xohlayman. qachon bir narsa muvaffaqiyatli boʻlsa, men oʻsha paytda tarixga kiraman[6].

2013-yil 19-fevralda Simonyan yangi „Spartak“ arenasining tantanali ochilish marosimida qatnashgan[7].

Simonyan 2009-yilda Abxaziyaning muhrida
Oʻyinchi

Spartak Moskva

  • Sovet Oliy Ligasi (4): 1952, 1953, 1956, 1958
  • Sovet Kubogi (2): 1950, 1958
  • Sovet oliy ligasining eng yaxshi toʻpurari (3): 1949 (26 gol), 1950 (34 gol), 1953 (14 gol)
Murabbiy

Spartak Moskva

  • Sovet Oliy Ligasi (2): 1962, 1969
  • Sovet Kubogi (3): 1963, 1965, 1971

Ararat Yerevan

  • Sovet oliy ligasi (1): 1973-yil
  • Sovet Kubogi (1): 1973-yil

Sovet Ittifoqi