Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Nanchan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NanchanXitoyning sharqiy qismidagi shahar, Ganszyan daryosi buyida. Szyansi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 4,1 mln. kishi (1998). Poyanxu koʻli sistemasidagi suv yoʻllari tuguni. Yirik qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Asosiy sanoat tarmogʻi — toʻqimachilik (xususan, ip gazlama sanoati). Stanoklar, avtomobil va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish korxonalari, sellyuloza-qogʻoz, farforkeramika, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil