Norbert Wiener
Qiyofa
Norbert Wiener | |
---|---|
Tavalludi |
26-noyabr 1894[1] |
Vafoti | 18-mart 1964[1] |
Fuqaroligi | AQSh |
Norbert Wiener (talaffuzi: Norbert Viner) (26-noyabr 1894-yil, Kolumbiya, Missuri – 19-mart 1964-yil, Stokgolm) – amerikalik matematik, kibernetika asoschisi. Dastlabki ilmiy ishlari matematika asoslari, nazariy fizika (kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasi) matematik analiz va ehtimollar nazariyasiga oid. Elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqish va uni ballistik hisoblar uchun tatbiq qilishda qatnashdi. Wiener jonli va jonsiz sistemalarni boshqarishga oid asosiy tamoiyllarning umumiyligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Shu tariqa fanning yangi bir sohasi kibernetika deb atala boshladi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |