Murtazo Qarshiboy
Murtazo Qarshiboy | |
---|---|
Murtazo Qarshiboy 2024-yil bahorida | |
Asl ismi | Murtazo Qarshiboyev Mamatqulovich |
Tavalludi |
6-fevral 1961-yil |
Ijod qilgan tillari | Oʻzbekcha, ruscha |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti |
Faoliyat yillari | 1987-yildan hozirgacha |
Murtazo Qarshiboy (asl ismi: Murtoza Mamatqulovich Qarshibayev, 6-fevral 1961-yil, Payariq tumani, Samarqand viloyati) – jurnalist, yozuvchi, muharrir, davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist (2001-yil). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari[1][2][3][4][5].
Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murtazo Qarshiboyev dehqon oilasida 1961-yil 6-fevralda Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Boʻzgʻovul qishlogʻida tugʻilgan[5][3].
Qishloqdagi oʻrta maktabni yakunlab, harbiy xizmatga ketdi (1979 — 1981). Harbiy xizmatdan soʻng 1982-yili Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetidagi Oʻzbek filologiyasi fakultetiga hujjat topshirdi. 1987-yilda oliy taʼlimni tamomlagandan keyin „Yoshlik“ jurnalida faoliyatini boshlagan. Jurnalistik faoliyati davomida „Mushtum“ jurnalida (1989 — 1992), „Vatan“ gazetasida (1992 — 1993), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligida (1993–1991), „Tafakkur“ jurnalida (1994–1998), „Respublika“ gazetasida (1998–1999) ishlagan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hukumatda qisqartirishlar ketayotgan bir paytda Adminstrasiyada yangi tayinlovlar amalga oshirilmoqda“. rost24.uz (24-dekabr 2022). Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ „SAMARQANDGA IJOD MAKTABI KERAK!“. marifat.uz (7-avgust 2024-yil). 2024-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Mohir muharrir Murtazo Qarshiboy “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi“. oyina.uz (26-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ „Ijodkorlarni eslamaydigan Samarqand“. oyina.uz (7-avgust 2024-yil). Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Murtazo Qarshiboy (1961)“. baxtiyor.uz. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.