Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Masshtab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Masshtab (nem. Masshtab, map — oʻlchov va stab — tayoq), miqyos — chizma, plan, aerofotosʼyomka yoki xaritadagi nuqtalar orasidagi uzunlikning joydagi masofalar uzunligiga nisbati. Masshtab sonli, chiziqli va koʻndalang boʻladi. Sonli Masshtab kasr yoki nisbat bilan beriladi. Bunda haritadagi 1 sm joyga 1000 sm to'g'ri keladi demakdir. Chiziqli Masshtab sm larga boʻlingan chiziq bilan koʻrsatiladi. Bu chiziqda xaritadagi 1 sm ga joyga necha m yoki km toʻgʻri kelishi koʻrsatib qoʻyilgan boʻladi. Plan va haritada 2 nuqta orasidagi masofani aniq oʻlchash va oʻlchangan masofalarni harita yoki planga tushirish uchun kundalang Masshtab ham ishlatiladi. Kundalang Masshtab baʼzi bir geodezik asboblarda va maxsus lineykalar bilan chizib berilishi mumkin. Geografik xaritalarda sonli Masshtab haritadagi bir nuqtaga yoki birorta chiziqqa tegishli boʻladi, qolgan joylardagi uzunliklar xususiy Masshtab asosida aniqlanadi. Geografik haritalardagi masofalar xususiy Masshtab bilan maxsus formula yordamida hisoblab chiqariladi.[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil