Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Lavraziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lavraziya [Lavrentiy (hozirgi Kanada) qalqoni va Osiyo nomidan]—mezozoy erasida (ayrim manbalar boʻyicha paleozoy erasida va mezozoy erasining boshida) Shimoliy yarim shardagi materik va qitʼalar — Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoni birlashtirgan ulkan kontinent. Gondvanadan Tetis bilan ajralgan. Lavraziya Yerning geologik tarixidagi eng yirik qitʼalardan biri boʻlgan. Larlaziya tarkibidagi qitʼa (platforma)lar kaledon va gersin davrlarida kuchli metamorfizmga uchragan boʻlib, murakkab togʻ jinslari (vulkan, granit, granit-gneys va karbonat choʻkindilar)dan iborat boʻlgan. Paleozoy oxiriga kelib bu qita (platforma)lar yagona quruklik-qitʼani tashkil etgan. Mezozoyning oʻrtalarida, hozirgi Atlantika okeanining shim.da, tektonik harakatlar tufayli u joylarda yer yoriqlari paydo boʻlishi natijasida qitʼa katta-kichik boʻlaklarga boʻlinib ketgan. Larlaziya dastavval Yerning ekvatorial mintakasida joylashganligi va oʻzining parchalanishidan keyin mezozoy oxirida shim.ga koʻchganligi taxmin qilinadi. Boshqa fikrlarga koʻra, Lavraziya paleozoyning boshidayoq paydo boʻlgan va toshkoʻmir davrining oxirida boʻlinib ketgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil