Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Obsidian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obsidian (lotincha Obsidianus lapis – Obsidiy toshi; toshni Efiopiyadan keltirgan rimlik Obsius nomidan) – shishasimon vulkanik togʻ jinsi. Rangi koʻpincha qora, qizgʻish-qoramtir; mayda changsimon gematit zarrachalari obsidian ga dogʻsimon tus beradi. Qattiqligi 5; zichligi 2,5—2,6 g/sm³. Kimyoviy tarkibi har xil, koʻpincha liparitga yaqin, hajmining 80% atrofida silikat shishasi va 1% gacha suv bor. Nordon liparit yoki liparitdatsit lavalarining qotishidan hosil boʻladi. Obsidian oson silliklanadi. Obsidiandan tosh va jez davrlarida kamon oʻqi va nayza uchi, pi-choklar yasalgan, hozirgi davrda baʼzilari bezak buyumlar tayyorlashda, asosan, yengil betonlarga boʻrttiruvchi qoʻshimcha sifatida, yoʻl qurilishida va binolarni bezashda ishlatiladi. Obsidianning baʼzi turlaridan (ongonitlar) litiy, seziy, berilliy va boshqa noyob elementlar ajratib olish uchun foydalanish mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil