Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Jean Tirole

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jean Tirole

Tirole 2019-yil
Tavalludi 1953-yil 9-avgust
Troyes, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi
Ish joylari Toulouse Capitole universiteti
Tuluza iqtisodiyot maktabi
Taʼlimi Massachusetts texnologiya instituti
Paris Dauphine Universiteti
École nationale des ponts et chaussées
École polytechnique
Akademik rahbarlari Eric Maskin
Mashhur shogirdlari Roland Bénabou
Mukofotlari Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti (2014-yil)

Jean Tirole (1953-yil 9-avgust) – Tuluza Capitole universitetining fransuz iqtisod professori. Professor sanoatni tashkil etish, oʻyinlar nazariyasi, bank-moliya va psixologiyaga ixstisoslashgan. U asosan innovatsiyalarga toʻsqinlik qilmaydigan va adolatli qoidalarni saqlaydigan iqtisodiyotni tartib solish boʻyicha ishlarni oʻrganishga eʼtibor qaratgan[1].

„Koʻpchilik dunyoni rahm-shafqat yoki rahm-shafqatni bilmaydigan shaxsiy manfaatlar aralashmasi deb hisoblaydi“[1].

2014-yilda u bozor kuchi va tartibga solish boʻyicha qilgan tadqiqotlari uchun Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[2][3].

Tirole 1976-yilda Parijdagi École polytechnique institutida va 1978-yilda École nationale des ponts et chaussées institutida muhandislik darajasini oldi. Tirole Paris Dauphine universitetida aspiranturada tahsil oldi va 1976-yilda magistrlik darajasiga va 1978-yilda falsafa doktori darajasiga sazovor boʻldi.

1981 yilda u Massachusetts texnologiya institutida Eric Maskin boshchiligidagi „iqtisodiy nazariya boʻyicha insholari“ nomli dissertatsiyasi uchun iqtisod fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini oldi[4].

Ajablanarlisi shundaki, u 21 yoshida iqtisodiyotni oʻrganish haqida oʻylashni boshladi. „Men 21 yoshimda juda qiyin boʻlgan soha boʻyicha isteʼtedodim borligi bilganman, biroq u ijtimoiy fan edi. Qaror qabul qilishimda inson omili koʻp boʻlgan lekin bu men uchun muhim boʻlgan. Shunday qilib, bu men uchun qiziqarli boʻlishi mumkinligini tushuna boshladim va matematik boʻlish menga koʻp yordam bergan“[2].

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tuluza iqtisodiyot maktabi.

Tirole Tuluza Iqtisodiyot maktabidagi Jan-Jak Laffont fondi boshqaruvi raisi va Tuluza Capitole universitetidagi Sanoat iqtisodiyot instituti ilmiy direktori. 1981-yilda Massachusetts texnologiya institutida doktorlik darajasini olgandan soʻng, u 1984 yilgacha École nationale des ponts et chausséesda tadqiqotchi boʻlib ishladi. 1984-1991-yillarda MITda iqtisod professori lavozimida ishlagan.

1994-yildan 1996-yilgacha u École polytechnique universitetida iqtisod professori boʻlgan. Tirole Jan-Jak Laffon bilan Tuluzada yangi Iqtisodiyot maktabini yaratish loyihasida ishtirok etgan. U 1995-yildan buyon koʻpriklar, suv resurslari va oʻrmonlar tashkilotida bosh muhandisi, Tuluza iqtisodiyot maktabi boshqaruvi raisi, Massachusets texnologiya institutining vaqtinchalik professori va Ijtimoiy fanlar oliy tadqiqot maktabining professori boʻlib faoliyat yuritgan.

U 1998-yilda Ekonometrik jamiyati va 2001-yilda Yevropa iqtisodiy assotsiatsiyasining prezidenti boʻlgan. Shu vaqt ichida u tabiiy monopoliyalarni tartibga solish uchun maqbul narxlarni hisoblash usulini aniqlay oldi va kapital bozorlarini tartibga solish boʻyicha bir qator maqolalar yozdi va markazlashtirilmagan kreditorlar va bank boshqaruvining markazlashtirilgan nazorati oʻrtasidagi nazorat farqiga eʼtibor qaratgan[5].

Iqtisodiyotga qoʻshgan hissasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tirolening „Sanoatni tashkil etish nazariyasi“ darsligida oligopolistik raqobatning zamonaviy modellari tahlil qilingan boʻlib, sanoat tarmoqlarida sezilarli bozor kuchiga ega boʻlgan oz sonli firmalardan iborat boʻlgan turli holatlari tahlil qilingan. Rochet va Tirole ikki tomonlama bozorlarning raqobat siyosatiga taʼsirini birgalikda tahlil qilgan[6]. Fudenberg va Tirole ham oligopolistik raqobat modellarida strategik taʼsirlar turkimini yaratdilar[7].

Tirole 2014-yilda bozor kuchi va tabiiy monopoliyalarni tartibga solishni tahlil qilgani uchun Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Tirole 1989-yilda Bruxelles universitetida, 2007-yilda London biznes maktabi va Monreal universitetida, 2011-yilda Mannheim universitetida, 2012-yilda Afina iqtisodiyot va biznes universitetida va Rim Tor Vergata universitetida shuningdek 2013-yilda Lozanna universiteti faxriy doktorlik unvoni oldigan[8].

Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining va Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasining chet ellik faxriy aʼzosi hisoblanadi. U shuningdek Sloan stipendianti va Guggenxaym stipendianti boʻlgan. U 1986 yilda Ekonometrik jamiyat aʼzosi va 2011-yilda Iqtisodiy nazariya (Iqtisodiy nazariyani rivojlantirish jamiyati) aʼzosi boʻlgan. 2013-yilda Tirol Edinburg Qirollik jamiyatining faxriy aʼzosi etib saylangan[9].

Tirole iqtisodiyot va moliya sohalari boʻyicha 200 ga yaqin maqolalar va The Theory of Industrial Organization, 'Game Theory (Drew Fudenberg bilan), A Theory of Incentives in Procurement and Regulation (Jean-Jacques Laffont bilan), The Prudential Regulation of Banks (Mathias Dewatripontbilan), Competition in Telecommunications (Jean-Jacques Laffont bilan), Financial Crises, Liquidity, and the International Monetary System, and The Theory of Corporate Finance kabi kitoblarni oʻz ichiga olgan 10 ga yaqin asarlarni nashr qilgan. Uning tadqiqotlari sanoatni tashkil etish, tartibga solish, oʻyinlar nazariyasi, davlat iqtisodiyoti, bank va moliya, psixologiya va iqtisodiyot, xalqaro moliya va makroiqtisodiyotni qamrab oladi.

Kitoblari
  • Dynamic Models of Oligopoly (with D. Fudenberg), 1986-yil [10].
  • The Theory of Industrial Organization, MIT Press, 1988-yilDescription and chapter-preview links..
  • Dynamic Models of Oligopoly (with Drew Fudenberg) Harwood Academic Publishers GMbH, 1986.
  • Game Theory (D.Fudenberg bilan), MIT Press, 1991-yil[11].
  • A Theory of Incentives in Regulation and Procurement (with J. J. Laffont), MIT Press,1993Description & chapter-preview links..
  • The Prudential Regulation of Banks (with M. Dewatripont), MIT Press,1994.[12].
  • Competition in Telecommunications, MIT Press, 1999[13].
  • Financial Crises, Liquidity and the International Monetary System, Princeton University Press, 2002[14].
  • The Theory of Corporate Finance, Princeton University Press, 2005. Description. Association of American Publishers 2006 Award for Excellence.
  • Balancing the Banks (with Mathias Dewatripont, and Jean-Charles Rochet), Princeton University Press, 2010[15].
  • Inside and Outside Liquidity (with Bengt Holmström), MIT Press, 2011[16].
  • Théorie de l’organisation industrielle, Economica, 2015.
  • Économie du bien commun, Presses universitaires de France, 2016.
  • Economics for the common good, Princeton University Press; 2017[17].
  1. Jean Tirole - Hyde Park Civilizace | Česká televize (chex), qaraldi: 2023-07-12
  2. Sveriges Riksbank's Prize in Economic Sciences in Memory of Alfred Nobel 2014., Sveriges Riksbank, October 13, 2014, qaraldi: October 13, 2014
  3. Biography of Jean Tirole (Wayback Machine saytida 18 October 2014 sanasida arxivlangan)
  4. „Essays in economic theory / by Jean Tirole“. MIT Library catalog. Qaraldi: 2014-yil 13-oktyabr.
  5. "Jean Tirole: Market Power and Regulation". Royal Swedish Academy of Sciences. 13 October 2014. 
  6. Rochet, Jean-Charles; Tirole, Jean (2003-06-01). "Platform Competition in Two-Sided Markets". Journal of the European Economic Association 1 (4): 990–1029. doi:10.1162/154247603322493212. ISSN 1542-4766. 
  7. „The Fat Cat Effect, the Puppy Dog Ploy and the Lean and Hungry Look“.
  8. (italyancha) Laurea magistrale honoris causa Jean Tirole (Wayback Machine saytida 2 May 2012 sanasida arxivlangan)
  9. „Professor Jean Marcel Tirole HonFRSE - The Royal Society of Edinburgh“ (en-GB). The Royal Society of Edinburgh. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  10. Fudenberg, Drew; Tirole, Jean. Dynamic Models of Oligopoly. Routledge, 11 June 2018. ISBN 9780415269179. 
  11. Fudenberg, Drew; Tirole, Jean „Game Theory“. The MIT Press.
  12. Dewatripont, Mathias; Tirole, Jean „The Prudential Regulation of Banks“. The MIT Press.
  13. Laffont, Jean-Jacques; Tirole, Jean „Competition in Telecommunications“. The MIT Press.
  14. Tirole, Jean. Financial Crises, Liquidity, and the International Monetary System. Princeton University Press, 21 July 2002. ISBN 9780691099859. 
  15. Dewatripont, Mathias; Rochet, Jean-Charles; Tirole, Jean; Tribe, Keith. Balancing the banks: global lessons from the financial crisis. Princeton: Princeton University Press, 2010. ISBN 978-1-4008-3464-8. OCLC 642206030. 
  16. Holmström, Bengt; Tirole, Jean „Inside and Outside Liquidity“. The MIT Press.
  17. „Book Review: Economics for the Common Good by Jean Tirole“. LSE Review of Books (2018-yil 9-iyul). Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]