Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Janob Darcy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janob Darcy
Fitzwilliam Darcy
Turmush oʻrtogʻi Elizabeth Bennet

Fitzwilliam Darcy (talaffuzi: Fitsvilyam Darsi) Jane Austen qalamiga mansub 1813-yilda yozilgan „Andisha va gʻurur“ romanidagi bosh qahramonlardan biridir. U uzoq romantik qahramonning arxetipi va roman qahramoni Elizabeth Bennetning sevgilisi. Asar davomida deyarli faqat Elizabeth nuqtai nazaridan oʻquvchiga romanning koʻp qismida Darcy haqida bir tomonlama qarash beriladi, lekin uning xarakterida koʻzga koʻringanidan ham koʻproq narsa borligiga ishoralar beriladi. Oʻquvchi dramatik istehzoning sogʻlom dozasini oladi, chunki Elizabeth janob Darcy haqiqatan ham qalbida olijanob qahramon ekanligi haqida aytib oʻtilgan maslahatlarga qaramay (baʼzi bir notoʻgʻri qarashlar bilan) janob Darcy xarakterini „takabbur“ deb tanqid qiladi. Odatda qahramonlar va muallif tomonidan faqat „janob Darcy“ yoki „Darcy“ deb ataladi, uning ismi romanda ikki marta tilga olinadi[1].

Janob Darcy — yillik daromadi 10 000 funt sterlingdan[2] oshadigan (nisbiy daromadi yiliga 13 000 000 funt sterlingdan koʻproqqa teng)[3] va Angliyaning Derbishir shahridagi yirik mulk Pemberlining egasi boʻlgan badavlat yosh jentlmen. Darcy birinchi boʻlib Elizabeth Bennet bilan balda uchrashadi va u yerda u eshita oladigan joyda u haqida juda kamsituvchi soʻzlar aytadi. Asta-sekin u Elizabethni yoqtirib qoladi, hatto keyinchalik unga uylanish haqida ham oʻylay boshlaydi, boshqa tomondan Elizabethhning oilasi oʻziga munosib emasligi haqidagi oʻylar bilan kurashadi. Doʻsti Bingli, Elizabethhning katta singlisi Janega nisbatan jiddiy munosabatda boʻlganida va Bingli Janega oʻz his-tuygʻularini izhor qilishga qaror qilganida Darcy bu sevgi izhori javobsiz qolishi mumkinligi uchun rozi boʻlmaydi (Darcy Janeni kuzatishlaridan astoydil shu fikrga kelgan, lekin u yanglishgan edi). Keyinchalik u bu ikkiyuzlamachilikdek koʻringan ishini „Bingli uchun men oʻzimga qiladigandan koʻra koʻproq harakat qildim“ deb tushuntiradi. Garchi u buni tushunmasa ham, janob Uikxemning Darcy unga qanday yomon munosabatda boʻlganligi haqidagi hikoyasi va Elizabethhning keyinchalik Darcyning Bingli va Janening yangi paydo boʻlgan munosabatlariga aralashuvi, shuningdek, Elizabethhning Darcyning takabburligi va boshqalarning his-tuygʻularini mensimaslik haqidagi oldingi kuzatuvlari Elizabethning Darcyga nisbatan nafratiga sabab boʻladi.

Oxir-oqibat, janob Darcy Elizabethga sevgisini izhor qiladi va uning qoʻlini soʻraydi. U unga ularning ijtimoiy mavqeidagi katta boʻshliqni eslatadi. Elizabeth xafa boʻladi va uni yoqtirmaslik sabablarini, jumladan uning Jane va Bingli munosabatlariga aralashuvi va janob Uikxemdan Darcy tomonidan unga nisbatan adolatsiz munosabatda boʻlganligi haqidagi maʼlumotlarini aytib, uni keskin rad etadi. Darcyning takabburona javoblari bilan haqoratlangan Elizabeth „sizning dil izhor qilish uslubingiz mening javobimga oʻz taʼsirini koʻrsatdi deb oʻylayotgan boʻlsangiz qattiq yangilishasiz“ deydi. Darcy gʻazab va nafrat bilan joʻnaydi va ertasi kuni ertalab Elizabethga maktub yozadi va oʻz qoʻli bilan qizga beradi, xatda u oʻzining yarador shaʼnini himoya qiladi, Jane va Bingli munosabatlariga aralashish sabablarini ochib beradi va Uikxem bilan munosabatlari haqida toʻliq maʼlumot beradi:oʻtgan yozda Uikxem Darcyning singlisi Jorjianani aldashga va u bilan qochishga uringan edi.

Dastlab Elizabethning keskin rad etishi va qattiq tanqididan gʻazablangan boʻlsa-da, Darcy uning xatti-harakati boshqalar, xususan, Elizabeth tomonidan qanday qabul qilinishi haqiqatini bilib hayratda qoladi va oʻz harakatlarini qayta baholashga majbur boʻlganini yozadi. Bir necha oy oʻtgach, Darcy xolasi va amakisi bilan Derbishirdagi mulkiga tashrif buyurgan Elizabethni kutilmaganda uchratadi. Elizabeth Derbishirdagi birinchi uchrashuvdan uyaladi, chunki u bu yerga Darcy yoʻq degan ishonch bilan tashrif buyurgan edi; ammo, u Darcy uslubida sezilarli oʻzgarishlarni koʻrib hayron boʻladi. Elizabethning tanqidiga javob qaytargan Darcy endi uni etishmayotganlikda ayblagan „oliyjanob xulq“ ni koʻrsatishga qaror qildi va Elizabethi unga ham, uning munosabatlariga ham mehribonligi bilan hayratda qoldiradi.

Elizabethhning kenja singlisi Lidiya janob Uikxemning oʻljasiga tushib qolganini va janob Vikxem bilan qochib ketganini bilib, Darcy ularni izlaydi va Vikxemni Lidiyaga uylanishga „majbur qiladi“ va shu bilan Lidiyani ham, uning oilasini ham ijtimoiy sharmandalikdan qutqaradi. Darcyning aralashuvi Elizabethni yutib olish uchun emas edi, aksincha u Elizabeth bu ishda uning ishtiroki haqida bilmasligiga harakat qildi. Janob Darcy bu ishni Elizabethning qaygʻusini engillashtirish uchun qilgan edi(bu ish tafsilotini aytib bergan janob Bennet Darcyning Elizabethhga yordam berish aralashuvi unga bir yillik daromad kabi qimmatga tushgan boʻlishi mumkinligiga ishora qiladi). „Agar Uikxem [Lidiya]ga oʻn ming funtdan kam pul bilan uylanadigan darajada ahmoq emas“[4]. Darcy, shuningdek, Elizabethning oilasi va jamoatchilikni Vikxemning asl xarakteri haqida ogohlantirmagani uchun qisman javobgarlikni his qildi.

Keyin Darcy va Bingli Longbournga qaytib, Janening xarakterini notoʻgʻri baholaganini tushunadi. Doʻsti bilan Longbournga hamroh boʻlgan Darcy yana Elizabethga turmush qurishni taklif qiladi va bu safar Elizabeth uning taklifini qabul qiladi.

  1. Jane, Austin. Andisha va G'urur. Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2014. 
  2. Jane, Austin. Andisha va G'urur. Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2014. 
  3. „Measuring Worth“. "Relative Values - UK £".
  4. Jane, Austin (2014-yil iyul). „Jahon adabiyoti“. Jahon adabiyoti. № 7. 10–41-bet. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)