Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Hind

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hind
Tavsif
Uzunligi 3 180
Suv sarfi 6 600 m³/s
Joylashuvi
Davlat Pokiston, Xitoy va Hindiston
Hind


Hind (sanskritcha Sindxu, pushtu tilida Abba-Sin — daryolar otasi) — Xitoy, Hindiston va Pokistondagi daryo. Uzunligi 3180 km, havzasining maydoni 980 ming km2. Kaylas tizmasi (Tibet togʻligi)dan, 5300 m balandlikdan boshlanadi. Yuqori oqimida chuqur tektonik vodiyda qoyali daralar hosil qilib, oʻrta va quyi qismida Hindgang tekisligining gʻarbiy qismidagi keng vodiyda irmoqlarga boʻlinib oqadi va Arabiston dengiziga delta (maydoni 8 ming km²) hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Gilgit va Kobul, chapdan — Satlaj. Hind togʻlarda erigan qor-muzlik suvlaridan, qolgan qismida musson yomgʻirlaridan toʻyinadi. Bahor va yozgi toʻlinsuv davrida suv sathi toglarda 10–15 m, tekisliklarda 5– 7 m gacha koʻtariladi. Suv toshqinlaridan himoya qilish maqsadida daryo oʻzani katta masofada marzalar bilan oʻralgan. Haydarobod shahri yaqinida suv sarfi 3850 mUsek., eng yuqorisi 30 ming m³/sek. dan ziyod. Quyi oqimida sugorishga koʻp suv sarflanishi va bugʻlanishi natijasida suvi kamayadi. Qurgʻoqchil yillar quyi oqimida Arabiston dengizigacha yetib bormay, baʼzan qurib qoladi. Daryo yiliga 450 mln. t oqiziq keltiradi. Hind havzasida 11 mln. ga yer sugʻoriladi. Koʻplab toʻgʻon va boshqa irrigatsiya inshootlari qurilgan. Kobul daryosi quyilgan joydan boshlab vaqt-vaqti bilan kema qatnaydi. Hind boʻyida Haydarobod, Sukkur shaharlari, deltasi yaqinida Karochi dengiz porti joylashgan.