Hamza Tzortzis
Hamza Andreas Tzortzis | |
---|---|
Hamza Andreas Tzortzis 2017-yilda | |
Tavalludi |
Hamza Andreas Tzortzis 1980 |
Kasbi | notiq, yozuvchi, tadqiqotchi |
Veb-sayti | hamzatzortzis.com |
Hamza Andreas Tzortzis (grekcha: Χάμζα Ανδρέας Τζώρτζης; 1980-yilda tavallud topgan)[1] – britaniyalik yozuvchi, faylasuf, notiq, islom dini boʻyicha tadqiqotchi[2] va musulmon apologi[3]. Tzortzis millatiga koʻra asli yunon boʻlgan ingliz musulmoni hisoblanadi. Yozuvchi „The Divine Reality: God, Islam and The Mirage of Atheism“ („Ilohiy haqiqat: Xudo, Islom va ateizm sarobi“) asarini muallifidir.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hamza Andreas Tzortzis Birlashgan Qirollik, Turkiya va Avstraliya davlatlariga bir necha bor notiq sifatida tashrif buyurgan[4][5]. U 2010-yilda Birlashgan Qirollikda yashovchi musulmon boʻlmaganlarning islomga boʻlgan qarashlarini oʻrganish uchun oʻtkazilgan soʻrovnoma nashr etilishida ishtirok etgan[6]. 2015-yilda musulmonlarga taqdim etiluvchi British Muslim Awards taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi diniy himoyachisi nominatsiyasi finalchisi boʻlgan[7]. Tzortzis, shuningdek, The Big Question va Newsnight[8] deb nomlanuvchi BBC yangiliklar dasturlariga ham hissa qoʻshgan[9]. Andreas Tzortzis iERA (Islamic Education and Research Academy)dagi vazifasini tark etgan va 2020-yildan boshlab Sapience instituti tarkibiga qoʻshilgan.
Andrew Gilligan 2010-yilda The Daily Telegraph nashrida chop etilgan maqolasida Tzortzisni „Hittin institutining sobiq tadqiqotchisi, demokratiyaga qarshi va gomoseksuallar va yahudiylarga nisbatan nafratni targʻib qiluvchi koʻplab taniqli britaniyalik musulmon ekstremistlarni oʻz ichiga olgan iERA tashkiloti ochilish marosimiga raislik qilgan“ deb taʼriflagan[10]. Tzortzis esa ushbu taʼrifni oʻziga nisbatan notoʻgʻri va yolgʻon talqin deb atagan[11]. Keele universiteti Tzortzisning nutqini bekor qilgandan soʻng, Stok Sentinel uni „radikal islom maʼruzachisi… Islomiy davlat gʻoyasiga ishonadigan “Hizb ut-Tahrir" radikal guruhining sobiq aʼzosi… shariat qonunlarini qoʻllab-quvvatlovchi shaxs" deb ataydi, shuningdek, Tzortzis nomi gomoseksualizm va boshqa bir qator masalalar boʻyicha munozarali sharhlar bilan ham bogʻliq[12]. Tzortzis 2016-yilda bergan intervyusida gomoseksuallikni Xudo nazdida „gunoh“ deb bilishiga qaramay, gomoseksual jamoaga nisbatan har qanday zoʻravonlikni qoralashini aytgan[13].
Metro xabariga koʻra, Tzortzis "islom dinini tark etganlarni oʻldirish kerak deb daʼvo qilgan[14] va eskirgan murtadlik qonunlariga ishonmasligini aytgan[13]. Tzortzis, shuningdek, bolalar nikohini tanqid qiladi, ekstremizmga qarshi chiqadi, Iroq va Shom Islom Davlatini (IShID) qoralaydi va Islom dini va musulmonlari uchun tinchlikni saqlashga harakat qiladi[15]. 2016-yilda Hindiston Milliy Tergov agentligi (NIA) Islomiy davlatga qarshi ayblov varaqasida Tzortzisni IShID bilan aloqadorlikda ayblangan gumonlanuvchilarga bevosita yoki bilvosita taʼsir qilgan deb ataydi[13]. Tzortzisning aytishicha, u barcha eʼtiqoddagi musulmonlarga taʼsir oʻtkazgan[13]. Uning soʻzlariga koʻra IShID guruhi aʼzolarining barchasi „ruhiy kasal odamlardir“[13].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "The Divine Reality: God, Islam and the Mirage of Atheism" (Ilohiy haqiqat: Xudo, Islom va ateizm sarobi)[16] FB Publishing, 2016.
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bengalcha
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "The Divine Reality: Allah, Islam o Nastikkobader Morichika" (Ilohiy haqiqat: Alloh, Islom va Nastikkobader Morichika). Tr. Masud Shorif, Sean Publications, 2020.
- "Liberalism o Muslim Somaj" (Liberalism and Muslim Society) (Liberalizm va musulmon Somaj (Liberalizm va musulmon jamiyati). Tr. Hussain Shakil, Minarah Publications, nashr etilmagan.
Arabcha
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "al-Haqiqah al-Ilohiya: Alloh val-islom va sarab al-ilhod"[17] (Ilohiy haqiqat). Tr. Naif al-Mal, Markaz Dalil, 2016.
Maqolalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qur’onda embriologiya | iERA tadqiqoti
- Qur’onning adabiy va lingvistik mukammalligiga kirish | Islom 21C
- Nega musulmonlar paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yaxshi koʻradilar? | Islom 21C
- Islom jamiyati vahshiylikmi? | Islom 21C
- Islomni tushunish boʻyicha eslatma: Liberalizmning kelib chiqishi va oʻziga xos Yevropa tajribasining oʻzaro taʼsiri | Islom 21C
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Baz17PhD.pdf
- ↑ Haroon Siddique. „Three-quarters of non-Muslims believe Islam negative for Britain“. The Guardian, 2 August 2016 (2010-yil 2-avgust). Qaraldi: 2016-yil 9-avgust.
- ↑ Lataster, Raphael (July 2021). "A Refutation of Several Muslim Apologetic Arguments and a Powerful Argument Against God's Authorship of the Quran". Perichoresis 19 (3): 29–37. doi:10.2478/perc-2021-0015. https://sciendo.com/pdf/10.2478/perc-2021-0015.
- ↑ Andrew Gilligan. „Speaker with extremist links to address Detroit bomber's former student group“. The Telegraph, 18 January 2010 (2010-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 8-may.
- ↑ Rohan Smith. „So-called radical aiming to speak at Australian Muslim conference declares: 'I'm a peaceful hippie'“. news.com.au, 17 February 2016 (2016-yil 17-fevral). Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
- ↑ Haroon Siddique. „Three-quarters of non-Muslims believe Islam negative for Britain“. The Guardian, 2 August 2016 (2010-yil 2-avgust). Qaraldi: 2016-yil 9-avgust.
- ↑ „British Muslim Awards 2015 finalists unveiled“. Asian Image, 23 January 2015. Qaraldi: 2016-yil 10-may.
- ↑ „BBC One - The Big Questions, Series 8, Episode 2 - Credits“. BBC. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ „Is clash between Islam and the West inevitable?“. BBC (2010-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ Andrew Gilligan. „Speaker with extremist links to address Detroit bomber's former student group“. The Telegraph, 18 January 2010 (2010-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 8-may.
- ↑ Ayaz Farooqui. „ISIS are spiritually diseased, sick people: Hamza Tzortzis, UK preacher named in NIA charges“. ABP News, 12 August 2016 (2016-yil 9-avgust). 2017-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ Kathie McInnes. „Keele University cancels visit from radical Islamic speaker Hamza Tzortzis“. The Sentinel, 1 March 2016. Qaraldi: 2016-yil 8-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 Ayaz Farooqui. „ISIS are spiritually diseased, sick people: Hamza Tzortzis, UK preacher named in NIA charges“. ABP News, 12 August 2016 (2016-yil 9-avgust). 2017-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ Nicholas Reilly. „Islamic preacher 'named' on the leaked list of Ashley Madison members“. Metro, 23 August 2015 (2015-yil 23-avgust). Qaraldi: 2016-yil 8-may.
- ↑ Rohan Smith. „So-called radical aiming to speak at Australian Muslim conference declares: 'I'm a peaceful hippie'“. news.com.au, 17 February 2016 (2016-yil 17-fevral). Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
- ↑ Tzortzis, Hamza Andreas. The Divine Reality: God, Islam and the Mirage of Atheism (en). FB Publishing, 2016-12-10. ISBN 978-0-9965453-8-9.
- ↑ „الحقيقة الإلهية“. www.goodreads.com. Qaraldi: 2020-yil 29-may.