Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Karl martell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karl martell (lotincha Carobus "Martellus, soʻnggi lotincha martellus — bolgʻa) (taxminan 688 — 741.22.10, Kyersi) — soʻnggi merovinglar davrida Frank davlatining amaldagi hukmdori (715-yildan). Karolinglar urugʻidan boʻlgan oliy lavozimdagi shaxs — mayordom. Cherkov yerlarining bir qismini musodara qilish va ularni benefitsiylar tarzida harbiylarga tarqatish yoʻli bilan davlatning harbiy qudratini mustahkamlagan. K.M. 732-yilda Puatye sh. yaqinidagi jangda arablarni yengib, ularning Gʻarbiy Yevropaga yurishlarini toʻxtatgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil