Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kabisa yili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kabisa yil (arabcha: toʻliq) — oddiy yildan bir kun (fevral oyida) ortiq boʻlgan kalendar yil. Bunda 4 ga qoldiqsiz boʻlinadigan yil Kabisa yildir (faqat ikkita nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yil bundan mustasno. Masalan: 1800 , 1900, 2100-yillar Kabisa yil emas). Yer bir yil davomida oʻz oʻqi atrofida 365 kun va 6 soat aylanadi. Shu sababdan har 4 yilda 6 soatni qoplash uchun fevral oyi 29 kun, bir yil esa 366 kun deb belgilangan.

Qadimgi Eronda yil 365 kunli (12 oy 30 kundan va yana qoʻshimcha 5 kun) boʻlib, har 120 yilda bitta qoʻshimcha oy kiritilgan. Umar Xayyom kalendarida har 33 yilning 8 yili (4, 8, 12, 16, 20, 24, 28 va 33-yillari) Kabisa yili hisoblanadi. Bunda har 4500-yilda bir sutkaga teng xato yigʻiladi. Bu esa hozir qoʻllaniladigan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq (qarang Kalendar)[1].

  1. OʻzME. Toshkent 2000-yil