Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kontraktura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kontraktura (lotincha contractura — tortish, tortishish), changak — boʻgʻim harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi. Boʻgʻimning yozilmay yoki bukilmay qolishi K.ning asosiy koʻrinishlaridandir. Boshqa harakatlar (mas, aylanma va yon tomonga — oʻngga yoki chapga) ham cheklanishi kuzatiladi. K. tugʻma boʻlishi mumkin, bu rivojlanish nuqsonlari bilan bogʻlangan boʻlib, tuzalmaydi va muayyan aʼzo shakli oʻzgarganicha qoladi, mas, maymoq oyoq. Orttirilgan K., koʻpincha, boʻgʻimning shikastlanishi yoki kasalligi, kuyishdan hosil boʻlgan chandiklarning tortishishi, muskullarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Bosh miya shikastlanishi (mas, insult)da ham K. sodir boʻladi, bunda muskullarni harakatga keltiruvchi nervlar falajlanadi (yana qarang Akashak).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil