Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kolima (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kolima
Tavsif
Uzunligi 2 129
Maydoni 643 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Kolima (daryo)

Kolima — RF Magadan viloyati va Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Uzunligi 2129 km. Havzasining maydoni 643 ming km². Halqa tizmasidan boshlanib, Sharqiy Sibir dengiziga quyiladi. Yuqori qismi Kolima yassitogʻligi boʻylab tor va chuqur vodiyda oqadi. Oʻrta oqimida vodiy kengayib, daryo tarmoqlarga boʻlinib ketadi. K.ning quyi qismi Kolima pasttekisligidan oqadi. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Daryo oktabr boshlarida moʻzlab, may — iyunda muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi Srednekolimskda (quyilish joyidan 641 km) 2250 m’/sek. Kuyilish 1 joyida yillik suv oqimi 123 km3. Yiliga 5,5 mln. t loyqa keltiradi. K.da Baxapcha daryosi quyilish yerigacha (2000 km masofada) kema qatnaydi. K. havzasida oltin konlari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil