Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Fillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fillar

Fillar (Elephants) — xartumlilar turkumi oilasi. Baʼzi sistematiklar fikricha, kenja oilasi. 2 urugʻi: Afrika fillari (2 tur) va Osiyo fillari (1 tur) bor. Fillar, asosan, Osiyo va Afrikaning oʻrmon hamda savannalarida tarqalgan. Boʻyi 44,5 m gacha, ogʻirligi 5–7,5 t gacha. Terisi kalta va siyrak tukli. Oyoklari yoʻgon, baquvvat. Barmoqlari tuyoqqa oʻxshash shoxeimon tuzilma bilan qoplangan. Oyoq kaftining tagida yumshoq massa boʻlib, filning tovusheiz harakatlanishini taʼminlaydi. Bir kunda 100 km cha yoʻl yurishi mumkin. Jagʻining ustki va pastki qismida 1 tadan oziq tishi bor, ular vaqtvaqti bilan yeyilib tulik shoxshabbalari, bargi, mevasi, kurtaklari va boshqa (bir kunda 100 kg) bilan oziqdanadi. 70–80 yil yashaydi. Eng qadimgi fillar qoldigʻi yuqori pliotsen davri yotqiziqlaridan topilgan. Goʻshti ovqatga ishlatiladi. Fil suyagi, dumidagi qattiq qili va terisidan turli buyumlar yasaladi. Hind fili xonakilashtirilgan, ishchi hayvon sifatida foydalaniladi. Koʻplab ovlanishi va yashash muhitining buzilishi natijasida F.ning soni kamayib ketgan. Barcha turlari muhofaza qilinadi.