Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Eyforiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eyforiya (qadimgi yunoncha: εὖ — yaxshi va φορέω — qabul qilaman) — oʻz-oʻzidan quvonish, dimogʻchogʻlik. Atrof-muhit va oʻzining ogʻir holatiga mos tushmagan holda bemor kayfiyatining koʻtarilib ketishi. Bosh miyaning turli organik kasalliklari (oʻsmalar, avj oluvchi falaj) da, spirtli ichimliklar ichganda, giyohvand moddalar qabul qilganda va boshqalar da kuzatiladi. Eyforiyada bemor begʻam, betashvish, xursand, shu bilan birga kamgap, kam harakat bo'ladi, bir joyda jilmayib yotaveradi. Eyforiya ateroskleroz, epilepsiya va boshqalar koʻpgina ruhiy kasalliklarning belgisi tarzida ham namoyon bo'ladi. Bundan tashqari eyforiya barometrik bosim taʼsirida yani balandlik kasalligining chala kompensatsiya davrida ham kuzatiladi