Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Epididimit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Epididimit

Epididimit (yun. moyak ortigʻi) — moyak ortigʻining yalligʻlanishi. Infeksiya kirishi yoki yorgʻoqqa shikast yetishi sabab boʻladi. Stafilokokk, streptokokk hamda sil, brutsellyoz, soʻzak, zoxmdan kelib chiqadigan E.lar farq qilinadi. Infeksiya moyak ortigʻiga (gripp, zotiljam va boshqalar kasalliklarda) qon orqali yoki urugʻ yoʻllaridan oʻtadi. E. oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻt kir E. toʻsatdan boshlanadi, moyak ortigʻi, yorgʻoq sohasi qattiq ogʻriydi, gavda temperaturasi koʻtariladi, ogʻriq chov va yonbosh sohalariga tarqaladi, moyak ortigʻi kattalashib, qattikdashadi, yorgʻoqning tegishli yarmi qizarib, shishadi. Agar yalligʻlanish kuchli boʻlsa, moyakda shish paydo boʻladi. Surunkali E. vaqgvaqti bilan qoʻzib turadi.’ E.ni vaqtida oldi olinmasa, kasallik urugʻ oʻtuvchi yoʻllarning berkilib qolishi va bepushtlikkya olib kelishi mumkin. Davosi. Yorgʻoqqa suspenzoriy (maxsus xaltacha) taqiladi, fizioterapevtik muolajalar (UVCH terapiya, ultratovush), antibiotiklar buyuriladi. E. ga sabab boʻlgan omillar bartaraf etiladi. Moyak ortigʻi yiringlasa operatsiya qilinadi.