Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Epigrafika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Epigrafika (yun.— bitik) — qattiq jismlar — tosh, metall, sopol va boshqalardagi, asosan, qadimiy va oʻrta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni toʻplash, nashr etish va sharhlash bilan shugʻullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda epigrafik yodgorliklar deb qadimiy bitiklar aytiladi. Uygʻonish davrnda, antik va sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. Dastlab Epigrifika faqat Italiya, Gretsiya, Shim. Afrika va Falastinda topilgan qadimiy yozuvlarni oʻrgangan (qarang Paleografiya). qadimiy turkiy tillarga oid yozma yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi (qarang Urxun-Yenisey yozuvlari).