Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Dunyo vaqti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dunyo vaqti — boshlangʻich meridianning oʻrtacha Quyosh vaqti. Boshlangʻich meridian qilib shartli ravishda Grinvich (Buyuk Britaniya) rasadxonasidagi meridian olinadi. D. v. yarim tundan hisoblanadi va Toshkent vaqtidan 5 soat kech boʻladi (mas, Toshkentda soat 17 boʻlganda D. v. 12 boʻladi). Astronomik yillik jurnal va taqvimlarda astronomik hodisalarning yuz beradigan payti D. v.da beriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil