Destan
Destan | |
---|---|
Janri |
Tarixiy drama Ilmiy-badiiy adabiyot |
Yaratuvchi(lar) |
Mehmet Bozdağ Aslı Zeynep Peker Bozdağ |
Rejissyor |
Emir Khalilzadeh (1-6) Fethi Bayram (7-27) Metin Günay (7-27) Ali Aytaç Sakal (28) |
Ssenariynavis(lar) |
Nehir Erdem (1-21/28) Ayşe Ferda Eryılmaz (1-21/28) İhsan Yıldırım (22-27) Eda Karakoç (22-27) Mustafa Dinç (22-27) Nermin Aslan (22-27) |
Rollarda |
Ebru Şahin Edip Tepeli Selim Bayraktar |
Bastakor(lar) |
Zeynep Alasya Caner Özkan Ertan Özkan |
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Mavsumlar soni | 2 |
Qismlar soni | 28 |
Ishlab chiqarish | |
Prodyuser(lar) | Mehmet Bozdağ |
Joy | Istanbul |
Kinematografiya | Bozdağ Film |
Qism davomiyligi | 135 daqiqa |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | atv |
Tasvir formati |
576i (16:9 SDTV) 1080i (HDTV) |
Translyatsiya davri | 23-noyabr 2021 |
Holati | Tugagan |
Destan – 2021-yilda namoyishi boshlangan, rejissorligi Emir Khalilzadeh, Fethi Bayram, Metin Günay va Ali Aytaç Sakal tomonidan amalga oshirilgan hamda bosh rollarni Ebru Şahin, Edip Tepeli va Selim Bayraktar jonlantirgan tarixiy drama va ilmiy-badiiy adabiyot janridagi turk seriali. Ushbu serial asosan tarixiy voqealiklardan koʻra, qadimgi turkiylar dostonlaridan ilhomlanib yaratilgan. 2 mavsumdan iborat boʻlgan Doston seriali 2022-yil 15-sentabr kuni 28-qismini efirga uzatilishi bilan yakunlandi.
Mavzu
[tahrir | manbasini tahrirlash]Serial Oʻrta Osiyoning dashtlarida Goʻk Xoqoni Alpagu Xon tarafidan otasi oʻldirilib, yetim qolgan afsonaviy jangchi togʻlik qiz Oqqiz bilan Goʻk saroyida onasidan yetim qolgan Goʻk Tegini Batuga oʻrtasidagi epik muhabbatni jonlantiradi.
Dastlab serial „Oqqiz Dostoni“ nomi bilan ekranga uzatilishi haqida maʼlumot berilgan. Ammo keyinchalik serial „Doston“ nomi bilan efirga uzatilgan. Ushbu serialning asosiy mavzusi 8-asrda turklar islom dinini qabul qilishdan oldin sodir boʻlgan voqeadir. Oqqiz va Batuga birgalikda qanday qilib imkonsiz koʻringan narsalarni uddalashganini hikoya qiladi. Ular birlashib yoʻq boʻlib ketish arafasida boʻlgan turk budunini turli ichki dushmanlardan, shuningdek, xitoyliklar, ruslar va itbaraklardan (qadimgi turk dostonlaridagi itga oʻxshash maxluqlar) himoya qiladi va turk budunini birlashtiradi.
Aktyorlar va serial qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktyor | Qahramon | Serial | Tavsif |
---|---|---|---|
Ebru Şahin | Oqqiz/xon | 1-28 | Togʻ qabilasining afsonaviy jangchisi. Goʻk saroyda asirga olinadi, u Batuga Tegin bilan uchrashadi, u hatto Batuga Teginni aqlliy ekanini bilgan birinchi odam edi. U Batugaga turmushga chiqadi. |
Edip Tepeli | Batuga Tegin | Tilsim va Alpagu Xonning oʻgʻli. Choʻlpon Xon va Balamir Yabgʻuning jiyani. Kaya va Temur Teginning ukasi, Oqqizning turmush oʻrtogʻi. Ulugʻ eje va Kaya Batugadan nafratlanadi. | |
Selim Bayraktar | Alpagu Xon | 1-27 | Goʻk Xoqonligining xoqoni, Batuga, Temur, va Kayaning otasi, Balamirning akasi. |
İpek Karapınar | Choʻlpon Xon | 1-28 | Togʻ xonligining xoni. Batuganing xolasi. Goʻklardan opasi va otasini intiqomini olishni xohlaydi. |
Evren Erler | Chalayir | Goʻk saroyida xizmatkorlar boshi, Tayangu lavozimi egasi va Batuganing saroydagi josusi. | |
Esra Kılıç | Mei Jin | Goʻk saroydagi Xitoy malikasi. Temur Teginning turmush oʻrtogʻi. | |
Elif Doğan | Tutkun | 1-19 | Goʻk saroyga asir tushgan togʻ qabilasidagi qizlardan biri. Keyinroq Temur Tegin bilan saroydan qochib ketadi. |
Burak Tozkoparan | Temur Tegin/Shod | 1-28 | Batuganing akasi, Alpagu Xon va Vera Xotinning oʻgʻli |
Teoman Kumbaracıbaşı | Balamir Yabgʻu/Beg | 1-22 | Alpagu Xonning ukasi, Kirchichekbekaning otasi, Temur, Batuga ve Kayaning amakisi. |
Kanbolat Görkem Arslan | Saltuk Beg | 1-24 | Goʻk saroyning Yasovulboshi, Choʻlpon Xonning sirli sevgilisi va Goʻk saroydagi josusi |
Engin Benli | Obar | 22-27 | Itbaraklarning sardori, Gʻarbiy Goʻk Xoqonligini ishgʻol etib, oʻzini Xon eʼlon qiladi. |
Sema Şimşek | Alaja | 18-23 | Vera Xotinning singlisi va josusi. Oqqizni yolgʻondan onasi ekanligiga ishontiradi. Keyinchalik Oqqiz tarafidan oʻldiriladi. |
Meltem Pamirtan | Yibek Xotin | 1-23 | Ulu ejening (Vera Xotin) sodiq xizmatkori. Vera bilan bir qator xato ishlarga qoʻl uradi. Soʻngra qizi Vera sababli oʻlgandan soʻng, Veraga xiyonat qilib, Oqqiz tarafga oʻtadi. Vera tarafidan oʻldiriladi. |
Aysel Yıldırım | Shomon/Qam Xotin | 1-27 | Goʻk saroydagi shomonlardan biri |
Sevil Akı Saner | Ulugʻ Qam/Shomon Xotin Archuray | 23-27 | Qam/Shomon. Batugani butkul sogʻ holatga kelishiga yordam bergan qam ayol. |
Buse Meral | Sirma | 1-28 | Oqqizning dugonasi. Oqqiz bilan birga Goʻk saroyiga asir tushgan. |
Ahmet Olgun Sünear | Yaman | Sirma bilan turmush quradi. | |
Alper Düzen | Danish Ata | Alpagu Xonning sodiq doʻsti. | |
Faruk Aran | Kuzu Beg | Ulu eje (Vera Xotin)ning sodiq xizmatkorlaridan biri. | |
Deniz Barut | Ulu Eje/Vera Xotin | Alpagu Xonning turmush oʻrtogʻidir. Rus knyazining qizi. Tilsimbekaning va Togʻ Xonining oʻlimiga, Batuganing nogiron boʻlib qolishiga, Togʻ qabilasining qirilib ketishiga va bir qancha yomon voqealarga sababchi boʻlgan shaxs. | |
Gürkan Çolaker | Kirach | 1-2 | Oqqiz tarafidan oʻldirilgan. |
Cihangir Köse | Tabib | 1-5 | Ulu eje tarafidan oʻldirilgan. |
Mert Öğüt | Pars | 2-8 | Balamir Yabgʻuning sarkardaboshi va qizining sevgilisi. Balamir tarafidan oʻldiriladi. |
Mehmet Sertakan | Tayangu Yalvach | 1-9 | Xitoy elchisi Tayzu tarafidan oʻldiriladi. |
Osman Albayrak | Vargı Beg | 1-17 | Ulu eje (Vera Xotin)ning sodiq odamlaridan biri. Tilsimbekaning oʻlimida Veraga yordam bergan. |
Muharrem Özcan | Tayzu | 8-17 | Xitoy elchisi bir rohib. |
Seca Naz Karabulut | İlay | 1-18 | Yibekning qizi. Chechak kasalligidan oʻlgan. |
Şahin Ergüney | Kün Ata | Togʻ qabilasining va oʻsha davrning eng yaxshi tabibi. | |
Bilgi Aydoğmuş | Kirchichekbeka | 1-22 | Balamir Yabgʻuning qizi |
Müge Duygun | Tilbe | 1-23 | Choʻlpon Xonning yordamchisi |
Hilal Uysun | Tilsimbeka | 1-27 | Togʻ qabilasining malikasi, Batuganing onasi, Choʻlpon Xonning opasi, Alpagu Xonning xotini. Alpagu Xon tarafidan oʻldirilgan. |
Berna Üçkaleler | Efil | ? | |
Onur Yenidünya | Evren Alp | Oqqizning dadasi. Alpagu Xon tarafidan oʻldirilgan. | |
Doruk Şengezer | Oʻktam | 4-27 | ? |
Doğanay Ünal | Yula Beg | 11-17 | Qabila beglaridan biri. Alpagu Xon tarafidan oʻldirilgan otasining intiqomini olishni xohlaydi. |
Burak Berkay Akgül | Kaya Tegin/Yabgʻu/Xon | 1-27 | Vera va Alpaguning oʻgʻli. |
Ecem Sena Bayır | Gunseli Xotin | Kayaning xotini, Batuganing saroydagi josusi | |
Umut Temizaş | Kamaz | 22-27 | Obarning qomondoni |
Özgür Koç | Marsur | ||
Ayhan Işık | Özmen Beg | 26 | Günselining otasi. Kayaning hayotini qutqargan. |
Berik Aitzhanov | Xitoy imperatori | 28 | Xitoy imperatori |
Xizmatkor Zao | 25-27 | Mei Jinning xizmatkori | |
? | Ulugʻ bilge | 23-26 | Itbaraklardan biri |
? | Manço | 15-17 | Sabarlarning lideri. Tuz karvonlarini talon-taroj qiladi. |