Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Dentin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dentin (lotincha dens — tish) — suyaksimon pishiq toʻqima, tishning asosiy qismini tashkil etadi. Tish koronkasida D. emal bilan, boʻyni va ildizida esa sement bilan qoplangan. D. 70—72% mineral tuzlar va taxminan 28% organik moddalardan tarkib topgan. D. asosan kollagen tolalar va ular orasidagi amorf moddalardan iborat; moddalar orasida Tome tolalari deb ataluvchi hujayra oʻsiqchalari joylashgan kanalchalar tarmoklanib ketgan. D.da qon tomirlar boʻlmaydi, u kanalchalar va Tome tolalari orqali diffuziya yoʻli bilan oziqlanadi. Togʻayli baliqlar tangachasida ham D. bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil