Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Daosizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Daosizm (dao soʻzidan) — 1) qad. xitoy falsafasidagi yoʻnalishlardan biri; dao haqidagi taʼlimot. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning gʻoyalari „Dao de szin“ kitobida bayon etilgan. daosizm vakillari — miloddan avvalgi 4— 3-asrlarda yashagan Yan Chju, In Ven, Chjuan-szi. Daosizmga koʻra, tabiat va inson hayoti „ilohiy samoviy qonun“ga bogʻliq emas, balki narsalarning tabiiy yoʻli, qonuni — „dao“ga asoslanadi. Yan Chju fikricha, hayotning tabiiy qonunlari — „dao“ga rioya qilish insonga „oʻz tabiatini butunlikda saqlab qolishga“ imkon beradi. Daosizm dunyodagi hamma narsalarda qaramaqarshiliklar kurashi yotadi, ular oʻzgarishda, harakatda: „bir xil narsalar ketib, boshqa xil narsalar keladi, baʼzi narsalar gullaydi, baʼzilari soʻnadi“, deb hisoblaydi. Daosizm taʼlimotida insonga oʻzidagi majburiyat va burch kishanlarini uloqtirib tashlab, tabiatga yaqin boʻlgan hayotga qaytish daʼvati bor.

2) Xitoyda tarqalgan 3 dindan (konfutsiychilik, buddizm bilan bir qatorda) biri. Daosizm falsafiy taʼlimoti asosida paydo boʻlgan. 1—3-asrlarda vujudga kelgan. Chjan Daolin asos solgan (2-asr ning 1-yarmi). daosizm urf-odatlari animizmga va sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Konfutsiychilik, buddizm elementlari ham bor. Daosizm dinida 3 xudo — Shandi, Laotszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. 5-asrdan daosizm diniy taʼlimoti, marosimlari rasmiylashgan va davlat dini boʻlib qolgan. 12-asrga kelib daosizmning adabiyotlar toʻplami — „Dao szan“ vujudga keldi. daosizm boshqa dinlar kabi koʻplab sektalarga ajralib ketgan. Daosizm kohinlari shaxsning axloqiy oʻz-oʻzini takomillashtirish gʻoyasini targʻib qilib, dindorlarga uzoq umr koʻrishning muayyan usulini ham taklif qiladilar, bu usul parhezni, jismoniy mashqlar tizimi va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kohinlar yovuz ruhlarni haydash, fol ochish bilan ham shugʻullanadi. Keyinchalik daosizm Xitoyda oʻzining ilgarigi mavqeini yoʻqotib oʻrnini boshqa dinlarga boʻshatib bergan. Hozir uning tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil qiladi.