Daft Punk
Daft Punk | |
---|---|
Daft Punk konsert vaqtida (2007) | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Parij |
Mamlakat | Fransiya |
Faoliyat yillari | 1993-2021 |
Janr | French house |
Leybl | Soma, Virgin, Sony/Columbia[1] |
Tarkib | |
Vebsayt | daftpunk.com |
Daft Punk (talaffuzi: Daft Pank) fransiyalik elektron musiqa dueti boʻlib, Guy-Manuel de Homem-Christo va Thomas Bangalter'lardan tuzilgan.[2][3][4] Daft Punk 1990-yillar oxiriga kelib Fransiyada house musiqa janrining yirik namoyondalariga aylandi va keyinchalik ular synthpop yoʻnalishi bilan tajriba qilishga oʻtishdi.[2][3][5] Duet French house janrining yorqin namunalari yaratgan, deb hisoblanadi. Ijodining erta yillarida Daft Punk aʼzolari The Beach Boys va The Rolling Stones guruhlaridan ilhomlanishgan.[6]
Bangalter va de Homem-Christo avvaliga Darlin' guruhida ijro etishgan. Guruh tarqalib ketganidan soʻng ikkovlon Daft Punk duetini tuzib, 1997-yili Homework albomini chiqarishgan. 2001-yili chiqarilgan Discovery albomi yanada koʻproq muvaffaqiyatga erishib, undagi “One More Time”, “Digital Love” and “Harder, Better, Faster, Stronger” qoʻshiqlari keng tarqab ketdi. 2005-yilgi Human After All albomi esa nisbatan yomon qarshilandi. Biroq ikki yoʻl oʻtib omma eʼtiboriga havola etilgan Alive 2007 albomi Eng Yaxshi Elektronika/Dance Albomi sifatida Grammy mukofotiga loyiq topildi. Duet shuningdek Tron: Legacy filmi uchun soundtrack ham yozgan.
Daft Punk qiziqarli jonli konsertlari, xususan turli vizual unsur va samaralarni musiqaga monand ishlatishlari bilan diqqat qozongan. Duet aʼzolari shuningdek omma oldida ohanjamador robot kiyimlari kiyib ijro qilishlari bilan ham mashhur.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Homework (1997)
- Discovery (2001)
- Human After All (2005)
- Random Access Memories (2013)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Daft Punk arrive chez Sony (Wayback Machine saytida 2016-08-11 sanasida arxivlangan) zik-zag.blog.leparisien.fr. Retrieved 26-yanvar 2013-yil.
- ↑ 2,0 2,1 McNulty, Bernadette. „Daft Punk: Behind the robot masks“. The Telegraph (17-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2012-yil.
- ↑ 3,0 3,1 Daft Punk Allmusic bio
- ↑ Daft Punk Musique Vol. 1 Official Website, arxivlangan.
- ↑ Suzanne Ely, "Return of the Cybermen" Mixmag, July 2006, pp. 94–98.
- ↑ „Darlin'“. biography. discogs. Qaraldi: 20-fevral 2007-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Daft Punk haqida turkum mavjud |