Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Davlat boji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat boji — davlatning maxsus vakolatli idoralari (sud, militsiya, fuqarolik holatini qayd etish byurosi, xoʻjalik sudlari, notarial ido-ralar, sugʻurta agentliklari va b.) tomonidan fuqarolar, korxonalar, tashkilot va muassasalar manfaatlari yoʻlida xizmat koʻrsatganlik hamda yuridik ahamiyatga molik hujjatlar (pasport, turli guvohnomalar, sertifikat, litsenziya va b.) berganlik uchun undiradigan pul yigʻimlari. Oʻzbekistonda D.b. stavkalari OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Respublikada D.b.ni toʻlash, undirish va nazorat qilish va b. 1992-yil 9 dekabrda qabul qilingan OʻzRning "Davlat boji toʻgʻrisida"gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil