Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Grodno

Koordinatalari: 53°40′0″N 23°49′0″E / 53.66667°N 23.81667°E / 53.66667; 23.81667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grodno

belaruscha: Гродна
Grodno
Bayroq
Grodno
Gerb
53°40′0″N 23°49′0″E / 53.66667°N 23.81667°E / 53.66667; 23.81667
Mamlakat Belarus
Viloyat Grodno viloyati
Asos solingan 1128
Ilk eslatilishi 1128
Maydon 14,211 km2 (5,487 kv mi)
Rasmiy til(lar)i belarus tili va rus tili
Aholisi
 (2023)
358 717
Zichligi 2515,43 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +375 152
Pochta indeks(lar)i 230000—230030, 231700
Avtomobil kodi 4
Grodno xaritada
Grodno
Grodno

Grodno (belaruscha: Гродна) — Belarusdagi shahar, Grodno viloyatining markazi. Neman daryosi sohilida. Daryo pristani. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 307 ming (1998). Kimyo ("Ximvolokno", "Azot" ishlab chiqarish birlashmalari), mashinasozlik va metallsozlik, yengil (toʻqimachilik va koʻn poyabzal) sanoati rivojlangan. Mebel fabrikasi bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan universitet), 2 teatr, tarix-arxeologiya muzey-qoʻriqxonasi bor. Grodno 1128-yildan maʼlum. 1376-yildan Litva va Polshada, £ 1795-yildan Rossiya imperiyasi, 1920 – 39 yillarda Polsha tarkibida. Borisoglebsk cherkovi (12-asr), Koʻhna qasr (16-asr oxiri), Yangi qasr (18-asr oʻrtalari), iyeuzit kostyoli (17 – 18-asrlar) saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil