Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gregor Mendel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gregor Johann Mendel (Řehoř Jan Mendel; 20-iyul 1822, hozirgi Ginchitse, Chexoslovakiya — 6-yanvar 1884, hozirgi Brno, Chexiya) — chex olimi, irsiyat toʻgʻrisidagi taʼlimot asoschisi. Bu taʼlimot uning sharafiga mendelizm deb ataladi. Vena untida erkin tinglovchi boʻlib, fizika, botanika, paleontologiya va analitik kimyoni oʻrgangan (1851—53). Noʻxatning 22 navida duragaylash boʻyicha tajriba olib borgan (1856-63). Mendel oʻz tajribalari natijasini tabiatni oʻrganuvchilar Bryunn jamiyati "Asarlari"da chop ettirgan (1866). U chatishtirilgan oʻsimliklar belgilarining duragay avlodlarida namoyon boʻlishini kuzatish orqali ayrim belgilarning mustaqil irsiylanishini aniqlagan. Bu qonuniyatlar irsiylanish toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos boʻldi va Mendel qonunlari deb atala boshladi. Mendel kashfiyotiga uning hayotida eʼtibor berilmagan. 1900-yilda botanik olimlar: nemis K. Korrens, golland X. De Friz va avstriyalik E. Chermak birbiridan mustaqil holda Mendel kashf etgan qonunlarni qayta ochishdi.

  • Opiti nad rastitelnimi gibridami, M., 1965.