Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gran-chako

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gran-chako

Gran-chako (ispancha: Gran Chaco) — Janubiy Amerikaning markazidagi tabiiy oblast, 18—19° va 20—30° j. k.lar oraligʻida, Argentina, Paragvay, Boliviya davlatlari hududida. Sharqda (La-Plata payettekisligiga tutash qismi) bal. 50 m dan And togʻlari etaklari (gʻarbga) tomon 500–600 m gacha koʻtariladi. Iqlimi shimolida subekvatorial, markazida tropik, issiq iqlim, qishi yogʻinsiz. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 12—21°, yanvarniki 26—30° (maksimal temperatura 47° — bu materikdagi eng baland temperaturadir). Yillik oʻrtacha yogʻin shim.-sharqda 1200 mm, jan.-gʻarbida 500 mm. Yirik daryolari: Parana, Paragvay, Rio-Bermejo, Rio-Salado va b. Daryolari yezda toʻlib oqadi. Gran-chako chekkalarida botqoqlik koʻp. Qoʻngʻir-qizil tuproqli yerlarda siyrak oʻrmonlar, butazorlar bor. Qimmatbaho yogʻoch va oshlovchi moddalar olinadigan daraxt turi koʻp. Hayvonot dunyosi boy. Gran-chakoning asosiy boyligi — neft va yogʻoch. Aholisi oʻrmon kesish, ovchilik bilan shugʻullanadi. Paxta yetishtiriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil